Mavzu: Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Tizimni tekshirishning ahamiyati, tartibi va usullari


Download 0.5 Mb.
bet2/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1143790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari

Tizimni tekshirishning ahamiyati, tartibi va usullari
Hayvonlar o‘rtasida umumiy yuqumsiz kasalliklarning 25— 35 % ini yurak-qon tomir tizimi kasalliklari tashkil etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, xo‘jaliklardagi chorvachilik fermalarida, ko‘pincha, travmatik perikardit, chorvachilik komplekslarida esa miokardoz, miokardioskleroz kasalliklari ko‘p uchraydi.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ko‘pincha yuqumli (oqsim, saramas, o‘lat), invazion (qon parazitar), yuqumsiz kasalliklarda, modda almashinishi buzilganda, zaharlanishlarda, hayvonlarni saqlash va oziqlantirish qoidalariga rioya qilinmaganda rivojlanadi.Yurak-qon tomir tizimini tekshirish tartibi va usullarini ishlab chiqishda olimlarimizdan K.M. Golsman, N.P. Ruxlyadev, G.V. Dom-
rachev, A.V. Sinev, V.G. Muxin, V.I. Zaysev, I.G. Sharabrin, R.M. Voskanyan, N.Z. Objarinlarning xizmatlari katta.Yurak-qon tomir tizimini quyidagi tartibda tekshirish tavsiya etiladi: 1. Anamnez ma’lumotlarini to‘plash. 2. Hayvonni umumiy ko‘zdan kechirish. 3. Yurak sohasini ko‘rish, paypaslash, perkussiya va auskul­ tatsiya usullari bilan tekshirish. 4. Qon tomirlarini tekshirish. 5. Elektrokardiografiya. 6. Qon bosimini o‘lchash. 7. Qonning harakat tezligini aniqlash. 8. Tizimni funksional tekshirish.


2.2.Anamnez ma’lumotlarini to‘plash
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini aniqlaganda, anamnez ma’lumotlarini to‘plash katta ahamiyatga ega.Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari noto‘g‘ri oziqlantirish; ratsionda hazm bo‘luvchi moddalar, vitaminlar, mikro va makroe- lementlar yetishmasligi; hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik talablarning buzilishi; ko‘pgina yuqumli (oqsim, infeksion ane- miya, saramas, itlarning o‘lat) kasalliklarida va invazion (nut- talioz, piroplazmoz) kasalliklarida, yuqumsiz kasalliklarda, zaharlanishlar paytida kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun anamnez ma’lumotlari to‘planganda, hayvon egasidan yoki unga qarovchi kishidan yuqoridagi anamnez m a’lumotlari so‘rab olinadi.
Hayvonni umumiy ko‘zdan kechirish. Bunda hayvonning turi-shiga, yotishiga, ko‘zosti, jag‘osti va oyoqlarining pastki qism- larida shishlar borligiga, qon tomirlarining to‘lganligiga e’tibor beriladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida. hayvon yotganda, turganda juda ehtiyot bo‘ladi, og‘riq sezadi, oldingi oyoqlarini keng qo‘yadi, bo‘yindagi ko‘k tomirlar qonga to‘lib, bo‘rtib turadi, asta-sekinlik
bilan ko‘z ostida, jag‘ ostida, oyoqlarning pastki qismlarida shishlar paydo bo‘la boshlaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling