Mavzu: Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.5 Mb.
bet9/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1143790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Yurak va qon tomir tizimlarining kasalliklari

Plevroperikardial shovqinlar Bu shovqinlar yurakning perikard pardasi bilan o‘pkaning plevra pardasi o‘rtasida fibrin tolalari cho‘ksa yoki yallig‘lanish bo‘lib (plevrit), suyuqlik to‘plansa, chandiqlar o‘ssa eshitiladi. Bu yerda ham shaloplagan va ishqalanish tovushlari doimiy eshitiladi va o‘pka ishi bilan bog‘liq bo‘ladi.Perikardial va plevroperikardial shovqinlarni bir-biridan farq- lash uchun apnoe usuli qo‘llaniladi. Buning uchun shifokorning yordamchisi ikki qo‘li bilan hayvonning ikkala burun teshigini bekitib, nafas olishni vaqtincha to‘xtatadi. Shu paytda shifokor yurakni auskultatsiya qiladi. Agarda hayvonda nafas olish to‘xta- gandan keyin yurakdan eshitilayotgan shovqinlar ham yo‘qolsa, bu plevroperikardial shovqin; nafas olish to‘xtagandan keyin ham shovqin eshitilsa, bu perikardial shovqin hisoblanadi.
Qon tomirlarini tekshirish, puls sonini, arterial pulsni, nisbiy va ijobiy vena pulsini aniqlash.Qon tomirlarini tekshirish Qon tomirlari uch xil bo‘ladi: 1. Arteriya qon tomirlari. 2. Vena qon tomirlari. 3. Kapillarlar.Yurakdan chiqadigan tomirlarga arteriya qon tomirlari deyiladi.O‘pka arteriyasidan boshqa hamma arteriya tomirlarida. kislorodga to‘yingan arteriya qoni oqadi. O‘pka arteriyasida vena qoni oqadi.Yurakka quyiladigan tomirlarga vena qon tomirlari deyiladi. O‘pka venasidan boshqa hamma vena tomirlarida karbonat angidridga to‘yingan vena qoni oqadi. Faqat o‘pka venasida arteriya qoni oqadi.Kapillarlar arteriya va vena tomirlari o‘rtasida joylashib, ularni tutashtirib turadi.Arteriya qon tomirlarining ichi yurak qisqarganda kengayib, devorlarining elastikligi natijasida diastolada kichrayadi. Bu o‘zgarish neyrogumoral yo‘l bilan boshqarilib turadi. Vena qon tomirlarining umumiy hajmi arteriya qon tomirlariga nisbatan 3—4 marta katta bo‘ladi, agarda qon tomirlaridagi umumiy qarshilikni 100 % deb olsak, shundan 20 % arteriya qon tomirlariga, 10 % vena qon tomirlariga va 70 % arteriola va kapillarlarga to‘g‘ri keladi. Umumiy qonning faqat 25 % i yurak-qon tomir tizimida aylanib turadi.Qolgan qismi a’zo va to‘qimalarda depo holatida saqlanib, zarur bo‘lganda, darhol yurak-qon tomir tizimiga chiqariladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling