Dars bosqichlari
Download 47 Kb.
|
Qonning tarkibi va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
QON TOMIRLARINING TUZILISHI.TOMIRLARNING SINFLANISHI Reja : Tomirlar devorining ichki tuzilishi Qon tomirlarning solishtirma xossalari Qon tomir tiplari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Arteriyalar (grekcha: ἀρτηρία - arteria – havo kanali) – yurak va aortaaan chiqib, 651oʻpka alveolalarida kislorodga boy-igan qonni barcha a’zo va toʻqimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan soʻng vena tomirlariga oʻtib ketadi. Shu sababli Gippokrat ar-teriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qat’i nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomi-ri boʻladi. Yurakdan chiqib oʻpkaga bora-digan tomir (tarkibida vena qoni bor) – oʻpka arteriyasi bundan mustas-no. Arteriyalar devori uch qavat (ichki – endoteliy, oʻrta – muskul, tashqi – parda)dan iborat. Katta diametrli Arteriyalar devorida elastik toʻqima koʻp boʻladi. Arteriyalar juda koʻp marta oʻzaro qoʻshilib arteriya toʻri va anasto-mozlar hosil qiladi. Boʻlar arteriya jarohatlanganda oʻrinbosar vazifasini bajaradi. Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u 2 qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi – shaklli elementlariga ajraladi. Uni o`quvchilarga tushuntiriladi. Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog`lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelolar bo`ladi. Plazma tarkibida o`rtacha 90-92 % suv, 7-8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glyukoza, 0,8 % yog` bo`ladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o`tadi va o`zlashtiriladi. Demak, qon orqali tanaga ozuqalar o`tib organizmni oziqlantirar ekan. Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombositlar kiradi. Eritrositlar suyaklarning ko`mik qismida hosil bo`ladi. Yetilmagan yosh eritrositlarda boshqa hujayralardagi singari yadro bo`ladi. Yetilgan eritrositlarda yadro yo`qoladi, ya’ni odamning qoni tarkibidagi eritrositlar yadrosiz bo`ladi. 1 mm3 qonda o`rtacha 5 mln dona eritrosit bo`ladi. Eritrositlarning normal miqdorda bo`lishi odamning sog`lig`iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog`liq. Normal ovqatlanish, jismoniy mashqlar bajarish kerak. Eritrositlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Kamqonlikning kelib chiqishiga va surunkali qon yo`qotishlar, temir moddasi va vitaminlar yetishmovchiligi, oshqozon – ichak tizimi, buyrak, nurlanish, o`sma kasalliklari sabab bo`lishi mumkin. Kamqonlikning umumiy alomatlari teri rangining oqarib ketishi, darmonsizlik, tez charchash, bosh og`rig`i, bosh aylanishi, hansirash, yurakning tez urib ketishida kuzatish mumkin. Leykositlar (oq qon tanachalari) yadroli qon hujayralari bo`lib, ular granulatsitlar (donador) va agranulotsitlarga (donasiz) bo`linadi. Leykositlar mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib halok bo`ladi. Yallig`langan joyda to`planib qoladigan yiring o`lik leykositlar hisoblanadi. 1 mm3 qonda 6-8 ming dona leykosit bo`ladi. Leykositlar sonining ko`payishi leykositoz, kamayishi leykopemiya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko`mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo`ladi. Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi.. bu hodisa fagositoz deyiladi. Savol: Oq qon tanachalarining organizmga qanday ahamiyati bor? Javob: U himoya vazifasini bajaradi. Trombositlar (qon plastinkalari) suyaklarning ko`mik qismida va taloqda hosil bo`ladi. Yadrosi bo`lmaydi. 1 mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo`ladi. Ular leykositlarga o`xshab 2-5 kun yashaydi. Trambositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Qonning ivishi – organizmning muhim himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo`qotishdan saqlaydi. Sog`lom odamda 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan biologik modda – antigemofil omil yetarli bo`lmaydi. Bu kassallik gemofiliya deb atalib, u nasldan naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o`tadi. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivishi kamayadi. Xulosa Yuqorida mavzuni bayon etish bilan birga har bir rejadan so`ng tushunchani mustahkamlash uchun savol-javobdan foydalaniladi va o`quvchilar baholanadi. Bunda o`quvchilarning BKMlarni o`zlashtirishda natijaga erishish mumkin. O`tgan mavzuni so`rashdan so`ng va savol-javob natijasidan keyin o`quvchilar baholanadi. Yangi mavzuni bayon etishdagi savol-javob mavzuni mustahkamlash ham hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling