Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/56
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1598769
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

- keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa 
turlarga bo`linadi; 
- namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab 
chiqarish va harbiy bo`ladi; 
- olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust 
(narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi 
sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi. 
Xavflar ruyxatibu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, 
atamalardir (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, 
yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, 


176 
zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan 
ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, 
texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi. 
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga 
qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, 
fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan 
sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng 
tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib 
chiqaradi. 
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga 
oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning 
xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, 
faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot 
faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling