176
zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har
bir tekshiriladigan
ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi,
texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga
qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha,
fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan
sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng
tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib
chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni
amalga
oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning
xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak,
faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu
aksioma hayot
faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: