211
ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat
qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga
oshiriladi.
I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda tsexdagi ish
joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini
ko`radilar.
II pog’ona – har hafta tsex boshlig’i katta jamoatchi nazoratchi bilan
birgalikda tsexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni
tuzatish choralarini ko`radi.
III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat
muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu
nazorat bo`yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona,
tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat
muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha
texnik xodimlarning javobgarligi
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini
yaratish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy
kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat
korxonada mustaqil tizimiy bo`linma bo`lib, bevosita boshliqqa yoki bosh
muhandisga bo`ysunadi. O`z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi
tasdiqlagan reja bo`yicha boshqa bo`linmalar ya`ni, davlat nazorati mahalliy
organlari texnik inspektsiyalari hamkorligida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: