7 – ma’ruza. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini
nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan
javobgarliklar.
1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi
tashkilotlar.
2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha
texnik xodimlarning javobgarligi.
3. Javobgarlik va uning turlari
1. O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat
qiluvchi tashkilotlar.
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib
turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya
epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh
boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat
aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda
xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat
sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish
masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini,
bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar,
liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi
moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni
ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning
sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.)
ishlarini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |