220
malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik
xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy
nazorat qilish tartibi
belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo`yicha
yo`riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil
ishlashga ro`xsat beriladi.
Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko`tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi
idishlar,
elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga
maxsus o`kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo`lsagina ishlashga ruxsat
beriladi.
Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o`qitish va ularni to`g’ri tashkil
qilish
bo`yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va
boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. TSexlarda, bo`limlarda ishchilarni va
ustalarni xavfsiz ish usullariga o`rgatish shu tsex hamda bo`lim rahbarlariga,
shuningdek, o`z vaqtida va sifatli o`qitishni nazorat qilish esa mehnat
muhofazasi bo`limlari zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: