Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnoma


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/56
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1598769
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnoma. Barcha ishchilar kirish 
yo`riqnomasidan tashqari ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnomalarni ham 
bilishlari lozim. Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnomadan maqsad - har bir 
ishchini to`g’ri va xavfsiz ish usullariga o`rgatish hisoblanadi. Yo`riqnomani 
o`tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik 
jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv 
xususiyatlari, paydo bo`lishi mumkin bo`lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish 
usullari, ish joyini to`g’ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo`riqnoma o`tkazish ishchining bevosita rahbari bo`lgan ustaga 
yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo`riqnoma tegishli mutaxassislar 
(mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o`tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo`yicha yo`riqnoma o`tkazish va malaka 
guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.


222 
Ish joyida o`tkaziladigan yo`riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari 
asosida tsex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi 
tasdiqlagan dastur bo`yicha olib boriladi. Bu yo`riqnomalar ruyxatini korxona 
bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida 
o`tkaziladigan dastlabki yo`riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo`yishdan 
oldin yoki ish xarakteri o`zgargan hollarda o`tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali 
ishchiga biriktirib qo`yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo`yish tsex 
boshlig’ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo`riqnoma o`tkazish yo`riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga 
yozib qo`yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o`ta xavfli ishlarni 
bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo`riqnoma 
olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko`rsatilgan holda 
rasmiylashtirilishi kerak.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling