Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) 
yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul 
bevosita yoki aksincha bo`ladi.
Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) 
kungilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar 
to`plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng 
kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki uchul bir-birini to`ldiradi.
To`g’ri usulda taxrir qilishda oqibatni oldindan kurish uchun sabablar 
o`rganiladi. Teskari usulda esa oqibat tahlil kilinib, sabablari aniqlanadi. Bu 
usullarning asosiy maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqealarni 
kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma`lum bo`lsa, vokeaning taxminan qanday 
natija bilan tamom bo`lishini aniqlash mumkin.
Xavfsizlikning tahlilida tizimning parametrlarini yoki chegarasini 
aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo`lsa, biror 
xavfli hollar yoki omillar etibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o`ta keng 
qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo`lishi mumkin.
Tahlil o`tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog’liq. Aniq bir holatda 
ogohlantirish yo`li bilan ta`sir qilish mumkin bo`lgan hodisalarni aniqlash 
umumiy ish uslubi hisoblanadi. 
 
3. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash 
 
«Inson-muhit», «inson-ishlab chiqarish» va boshqa tizimlar murakkab 
ko`p tarkibli uyushmalardan (tizimlardan) hisoblanadi. Xavflarni o`rganish va 
tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi (2.4., 2.5.-rasmlar). 
2.4.-rasm. Faoliyat modeli: 1-inson; 2-muhit; 3-aks ta`sir qiluvchi 
aloqalar. 
Inson 
Muhit 
Salbiy 
oqibat 


179 
Aniq faoliyat sharoitida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi. 
SHuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini) etarli 
darajada aniqlab, to`g’ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib, ularning 
xavfli xususiyatlari topiladi. 
 
2.5.-rasm. Faoliyatni turkumlarga ajratish: 
1-inson; 2-mehnat quroli; 3-mehnat vositalari; 4-quvvat (energiya); 5-mehnat 
mahsulotlari; 6-texnologiya; 7-flora; 8-fauna; 9-ma`lumot; 10-tabiiy iqlim; 11-
mehnatni tashkil etish; 12-jamoa; n-boshqalar. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling