Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

Ikkinchidan, O`zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtayi nazaridan 
qaraganda, suv zaxiralarining, shu jumladan er usti va er osti suvlarining keskin 
taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug`dirmoqda. Respublikaning 
daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto er osti suvlari ham har taraflama 
inson faoliyati ta`siriga uchramoqda. 
Sug`oriladigan hududlarda suv tabiatning bebaho in`omidir. Butun hayot 
suv bilan bog`liq. Zotan, suv tamom bo`lgan joyda hayot ham tugaydi. SHunday 
bo`lsa-da, Markaziy Osiyo suv zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 78 km3 suv 
keltiradigan Amudaryo va 36 km3 suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv 
manbaalaridir. Hozirgi vaqtda xalq xo`jaligida Orol dengizi havzasining barcha 
suv zaxiralaridan to`la-to`kis foydalanilmoqda. 
Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60-yillardan 
boshlab Markaziy Osiyoda yangi erlar keng ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat, 
chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. 
Kollektor zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug`orish uchun mutlassil 
yuqori hajmlarda olindi. SHu bois havzalardagi suvning sifati tobora 
yomonlasha bordi. 
Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiyena va sanitariya-
epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida 
yomonlashtirmoqda. Ikkinchi tomondan, daryo suvlari tarkibida tuzlarning 
mavjudligi, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida 
tuproqning sho`rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo`shimcha melioratsiya 
ishlarini amalga oshirishda, zovur tizimlarini barpo etish va tuproq, sho`rini 
yuvishda yaqqol sezilmoqda. 
O`zbekiston va qo`shni mintaqalar sharoitida aholini sifatli ichimlik suvi 
bilan ta`minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Aholi punktlarini odatdagi 
vodoprovod suvi bilan ta`minlash ko`rsatkichi respublikada faqat keyingi besh 


186 
yillikning o`zida taxminan 1,5 barobar ortdi. SHunga qaramay, ushbu muammo 
dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suv ta`minoti manbaalarining ifloslanishi 
Respublikada, Orol bo`yicha kasallikka chalinishning yuqori darajasiga sabab 
bo`lmoqda. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling