« Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi » fanini o`qitishdan asosiy maqsad, pedagogik bakalavr darajasini olayotgan har bir talaba odam organizmini tuzilishi, va uning rivojlanishi jarayonlarini yoshga hos hususiyatlari to`g`risida chuqur bilimga ega bo`lishi shart.
Ma`ruzalar matnida ishchi dasturga kiritilgan 9 ta mavzularning barchasi rejalar asosida to`liq yoritib berilgan. Bundan tashqari har bir mavzu so`ngida nazorat uchun savollar va tayanch iboralar berilgan.
1- MA'RUZA
MAVZU: BOLALAR O`SIShI VA RIVOJLANISHINING UMUMIY
QONUNIYATLARI
Reja:
1 Kirish
O`sish va rivojlanish organizmning miqdoriy va sifatiy ko`rsatkichidir.
O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
Akseleratsiya -o`sish va rivojlanishning tezlashuvi.
5. Individual tarakkioti davrlari xagida.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani 1970 yildan boshlab pedagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rejasiga kiritildi.
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi.
Yosh fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh hususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir.
Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik, pedagogika, psixologiya kabi boshqa fanlar bilan aloqada.
Maqsadi o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqadir davrlarda aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |