Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi


–MA'RUZA MAVZU: ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FUNKTSIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI


Download 392.5 Kb.
bet49/66
Sana03.02.2023
Hajmi392.5 Kb.
#1154793
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYA VA GIGIYENASI (A.N.Aripov, O.D.Mirboboeva)

8–MA'RUZA


MAVZU: ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FUNKTSIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha.

  2. Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagi
    funktsional ahamiyati.

  3. Miya bezlari (gipofiz va epifiz) va uning funktsiyasi.

  4. Qalqasimon bez va uning funktsiyasi.

  5. Me'da osti bezlari va buyrak usti bezlari.

  6. Jinsiy bezlar.

­
Odam organizmidagi barcha funktsiyalar nerv va gumoral yo`l bilan boshqariladi. Gumoral yo`l bilan boshqarilishida odam tanasining turli qismlarida joylashgan bezlar orqali amalga oshadi. Odam tanasidagi bezlar ichki sekretsiya bezlari ham deyilib, ularda ishlab chiqarilgan suyuqlik garmonlar deb ataladi. Gormon termini ingliz fiziologlari Beytiss va Stoling tomonidan 1905 yilda fanga kiritilgan. Ichki sekretsiya bezlari fiziologik aktiv modda gormonlar ishlab chiqaradi. (yunoncha horman- qo`zgatmoq degan so`zdan olingan). Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan garmonlar juda oz miqdorda ya'ni gramning miliondan bir qismiga teng bo`lib, ular to`g`ridan to`g`ri qon va limfaga quyiladi.
Ichki sekretsiya bezlariga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar kiradi. Bu bezlar moddalar almashuviga, organizmning o`sishi va rivojlanishiga hamda jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog`atga etish va barcha organlarning faoliyatiga ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga, ayirishga, ko`payish organlari funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlang`ich davrlarida shakllanib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar ona qornidagi bolaning o`sishiga o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo`shilgan holda organizmning endokren sistemasini hosil qiladi. Endokrin yunoncha so`z bo`lib «endos» –ichkariga «krino» –ajrataman degan ma'noni bildiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining ish faoliyatini gipofiz bezi boshqarib turadi. Gipofiz bezi funktsiyasini esa markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadagi gipotalomusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Gipofiz bezi morfofunktsiyaonal jihatdan gipotalomusga juda yaqindan bog`liqdir. Shuning uchun ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi.

Download 392.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling