Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi
Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati
Download 392.5 Kb.
|
YOSH FIZIOLOGIYA VA GIGIYENASI (A.N.Aripov, O.D.Mirboboeva)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siydik yo’li.
Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati. Ayrim organlari organizm ichki muhitni doimiy saqlashda muhim rol oynaydi, u odam organizmidagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq moddalarning uzluksiz ravishda chiqarib turishini ta’minlaydi.
Ayirish organlariga: buyraklar, o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari va ter bezlari kiradi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajraladi. Gazsimon moddalar nafas olish organlari orqali tashqariga chiqadi. Ovqatning hazm bo’lmagan qismi ichakdan najas sifatida tashqariga chiqariladi. Odam tanasidagi suv, tuz, yog`’ kabi moddalar ter bezlari orqali ter sifatida ajralib turadi. Ayirish sistemasining asosiy qismini siydik ayirish organlari tashkil qiladi. Bu organlarga: buyraklar, siydik yo’li, qovuq yoki siydik pufagi va siydik chiqarish kanali kiradi. Ayirish organlari yoki buyrak bolaning embrionlik davrida uning mezaderma qavatida shakillanib, 3ta davrni pronefroz, mezanefroz, metanefrozni o’z ichiga oladi. Bolalarning buryragi katta-kichikligi va vazniga ko’ra kattalarnikidan farq qiladi. Buyrak juft organ bo’lib, o’ng va chap buyraklarga bo’linadi. Shakli loviya shakliga o’xshash bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni 1 va 2 bel umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada buyrakning vazni 11-12, 1 yoshda 27-36 gr, 5 yoshda 55-56 gr, 7 yoshda 82-84 gr, 13 yoshda 100-102 gr, 15 yoshda 115-120, kattalarda esa 150 gr bo’lib, uzunligi 10-12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 3-4 sm bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilgan organ bo’lib, po’st va mag’iz qavatlardan iborat. Uning asosiy struktura birligi nefronlar bo’lib, ular buyrakda filtiratsiya funksiyasini bajarib qondagi moddalarni filtirlab birlamchi va ikkilamchi siydik shakillantiradi. Buyrakning po’st qavatida Shumlyanskiy Baumen kapsulasi bor. Bu kapsula 2 qavatli pardadan iborat bo’lib, undan egri-bugri kanalchalar boshlanib, buyrakning mag’iz qavatiga o’tadi. Buyrakning mag’iz qimida egri-bugri kanalchalar to’g’rilanib, yuqoriga buriladi va bu burilish joyi genli halqasini hosil qilib, yana po’st qavatga qaytadi. Kanalcha chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa siydik yo’llari orqali qovuqqa yoki siydik pufagiga quyiladi. Siydik yo’li. Bolaning embrionlik davrida, uning mezaderma qavatida ya’ni buyrak rivojlanishining mezanefroz davrida shakllanib, buyrak jomidan boshlanib, qorin bo’shlig’ining orqa qismidan siydik pufagiga birikadi. Godak bolaning buyrak jomlari va siydik yo’llari nisbatan keng, muskul va elastik tolalar yetarlicha rivojlanmaganligi uchun devorlarining tonusi pastroq bo’ladi. Uning uzunligi katta odamlarda o’rtacha 30 sm bo’lib, 3 qavatdan ichki shilliq, o’rta muskul, tashqi serroz qavatdan iborat. Vazifasi buyrakda hosil bo’lgan siydikni siydik pufagiga yetkazib turadi. Download 392.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling