Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix kafedrasi


Download 0.9 Mb.
bet2/11
Sana07.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1695003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza matn.Tarixshunoslik

Tayanch iboralar:
Istoriografiya, tarixnavislik, anik-tahliliy usul, mantiqiy usul, xronologik usul, davriylashtirish usuli.


Mavzuga oid savollar:

  1. Tarixshunoslik fani nimani urganadi?

  2. Tarixshunoslik fanining tarix fani va boshqa ijtimoiy fanlar doirasida tutgan urni qanday?

  3. Qanday tarixiy tadqiqot usullarini bilasiz?

  4. Tarixshunoslikning fan sifatida shakllanishi jarayonini aytib bering.

  5. Tarixiy asarlar qanday ilmiy tahlil qilinadi?



Mavzuga oid adabiyotlar:
1.Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т.: Шарқ, 1998.
2.Саидқулов Т.С. Ўрта Осиё халқлари тарихининг тарихшунослигидан лавҳалар (1 қисм) – Т.: Ўкитувчи, 1993.


Mavzu:O`rta Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi tarixshunosligi.
Reja

  1. Tarixiy bilimlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi.

  2. Eng qadimgi og’zaki va yozma tarixiy yodgorliklar.

  3. Zardushtiylik dini tarixining tarixshunosligi.

  4. Yunon va Rim tarixshunosligi.

  5. Musulmon tarixshunosligi va uning o`ziga xos xususiyatlari.

Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo`lgan? Bu savolga javob olish uchun antik, ya`ni qadimiyat istoriografiyasiga (manbalariga) murojaat qilamiz.


Ezuvlar vujudga kelguniga qadar epik asarlar (epos – grekcha so`z bo`lib, doston, rivoyat, afsona asarlarini anglatadi) tarixni o`rganish uchun yagona manba edi. (Masalan, yunon shoiri Homerning «Iliada», «Odisseya» dostonlari, O`rta Osiyo xalqlarining «Alpomish», «Manas», «Go`ro`g’li» dostonlari, Vladimir, Muromli Il’ya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi rus bahodirlari haqidagi dostonlar yoki «Igor’ jangnomasi» qo`shig’i...)
YOzuvlar ixtiro qilinganidan so`ng esa toshlar yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar eng qadimiy yozma tarix manbalari hisoblanadi. Usha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar (bizda oqin, baxshilar) tomonidan qayta-qayta ko`chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko`chib, bizgacha o`tib kelgan manbalar qadimiy manbalar hisoblanadi. CHamasi, yozuvi bo`lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. YUnon olimi Gerodotning mashhur «Tarix» kitobi bizgacha etib kelgan eng qadimiy tarixiy manbadir. Aslida Gerodotning bu asari oxiriga etkazilmagan (miloddan avvalgi 470 yilgacha bo`lgan voqealar bilan tugallanadi) va uni hozirgi ma`noda ilmiy-tadqiqot deb bo`lmaydi. SHunga qaramay, uning kitobi voqealar va dalillar ko`lami jihatidan va badiiy qiymati jihatidan o`zidan avvalgi salafdoshlaridan anchagina baland turadi. Masalan, Gerodot o`z kitobida Kaspiy dengiziga chegaradosh erlarda bo`lgan janglarni tasvirlaydi. SHundan so`ng Kas­piy ortida yastalgan vohalar, ularda yashagan masoxatlar (massagetlar) haqida ezadi. Gerodot birinchi bo`lib Kaspiy dengizi Kaspiy xalqlari nomidan olinganligini aytadi.
Muarrixning buyuk shaxs ekanligini uning quyidagi xolis so`zlaridan ham bilish mumkin: «Men o`zim eshitgan narsalarni hikoya qilyapman, ammo ularning hammasiga ishonishim shart emas. Mayli bu xulosa mening yangi asarimga ham taalluqli bo`lsin». Miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan Fukididning Peloponnes urushlari haqidagi asarini dunyoda birinchi ilmiy tarix deb e`tirof etishadi. Bu asar o`sha davr tarixiy voqealarining ishonchli va haqqoniy tasvirlangani bilan ajralib turadi. Ge­rodot asariga nisbatan Fukidid asari olg’a tashlangan qadam edi. Fukidid kitobida hayot voqealariga Olimp «xudo»larining aralashuvini ko`rmaymiz. Fukidid asarida tarixiy tahlilning asosiy talablari voqealar guvohlarining aytganlarini taqqoslash va bevosita o`sha voqealar qatnashchilarining hikoyalaridan foydalanish kabi fazilatlarni ko`ramiz. To`g’ri, Fukidid ham asotirlar, miflardan foydalanadi va bunda asosiy e`tiborni tarixiy taraqqiyotga, iqtisodiy omillarning ta`siriga qaratadi. Tarixiy dalillarni aniq bayon qilish va haqiqatni aniqlashga intilish Fukidid asarining asosiy fazilatidir.
Tarixiy voqealarni haqiqatga yaqin qilib ilmiy bayon etgan muarrixlardan yana biri, miloddan avvalgi II asrda yashagan Polibiydir. U o`zining «Umumjahon tarixi» asarida miloddan avvalgi 220-146 yillardagi voqealarni ellinlar (elladaliklar) nuqtai nazaridan tasvirlaydi: bu o`rta er dengizi atrofidagi barcha eng muhim davlatlarning tarixini o`zaro bogliqlikda tasvirlagan birinchi asardir. Muarrix xulosasiga ko`ra har bir davlat tirik vujud kabi tabiat qonuniyatiga asosan usadi, rivoj-lanadi va inqirozga uchraydi. Polibiyda birinchi marta «pragma­tik (amaliy) tarix» degan ibora uchraydi. Uz asarining 2-qismini muarrix pragmatik usulda quradi: u voqealar nima sababdan, qanday maqsadda yuz berganligini aniqlaydi, ya`ni muayyan voqealarning kelib chiqish sabablarini birin-ketinligini, va oqibatlarini bayon qiladi.
Fukidid va Polibiy asarlari antik, ya`ni qadimgi davr tarixshunosligining cho`qqisini tashkil etadi. Keyingi yunon (grek) muarrixlarining deyarli barchasi ular izidan bordilar.
Rimliklar tarixshunoslikda va boshqa fanlar sohasida, shuningdek san`atda yunonlarning shogirdlaridirlar.
Musulmon tarixshunosligi bevosita shariat va islom aqidalari bilan bog’liqdir. Musulmon olimlari tarixiy voqealarni is­lom aqidalari, Allohning qudrati va qazoi taqdir bilan bog’laydilar. Qur`oni Karimda aytilishicha, inson tirik ekan, u Alloh­ning irodasi bilan ish ko`radi. Tarixchi esa jamiyatda yuz beradigan voqealarning sabablarini shariat qoidalari bilan uyg’unlashtirishi zarur edi. CHunki har qanday mantiqiy fikrlash voqealarning sababini aniqlashni taqozo etadi. Musulmon tarixchilari bu murakkab vaziyatda o`ziga xos yo`l topdilar. Ular voqealarning kelib chiqish sabablarini bayon etib, bu sabablar ham Allohning irodasi ekanligini e`tirof etdilar. Alloh-ta`olo lozim topsa, shu voqealarni boshqa izga burib yuborishi ham mumkin Musulmon tarixchilari kup o`rinlarda «Qur`on» suralari va oyatlarga asoslanadilar. Bunday qarash tabiiyotchilarga ham keng yo`l ochib berdi. Ammo islom ta`limoti Arabistondan tashqari mamlakatlarga eyilgan paytdan boshlab tarix fani sezilarli darajada rivojlanadi. Ana shu davrda (VII asrdan bosh­lab) arablar, forslar, turkigo`y mutafakkirlar (Abu Abdulloh Xorazmiy, Beruniy, Tabariy, Maqdisiy, ibn Xaldun va boshqalar) musulmon SHarqi tarixchiligi faniga asos soldilar.
Zardushtiylik-dunyodagi eng qadimgi dinlardan biridir va insoniyat madaniyatiga ko`p ta`sir ko`rsatgandir. Ayni vaqtda, zardushtiylik dini eng murakkab, tushunish qiyin bo`lgan din­lardan. Bundan 3500 yil muqaddam Osiyo dashtlarida vujudga kelgan bu din erondagi uch qudratli davlatda (Kayoniylar, Ahmoniylar, Sosoniylar) uzoq asrlar hukm, surgan din bo`lishi bilan birga, u juda ko`p SHarq mamlakatlarida, xususan O`rta Osiyoda ham tarqalgan edi.
Tarixiy manbalarda ilk marta tilga olina boshlagan vaqtlarda zardushtiylik ancha eskirib qolgan edi.
Ovrupada zardushtiylik ta`limoti antik davr – qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish uyg’otgan, Zoroastr (Ozar, Zardusht) va uning ta`limoti xaqida ko`pchilik yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozgan. Sosoniylar sulolasi davrida III-VII asrlarda zardushtiylikning muqaddas kitobi «Ovisto» matnlari o`rta forsiy tilda ko`chirila boshlagan vaktlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug’ila boshlagan edi.
Abu Rayhon Beruniynipg «Osoru-l-boqiya»- «Qadimiy xalqlardan kolgan edgorliklar» asarida (X asr) zardushtiylik dini haqida ancha mufassal fikr yuritiladi.
YUkorida aytganimizdek, eng qadimgi zamonlardayoq zardush­tiylik dini juda keng hududlarga tarqalgan bo`lib, ilk o`rta asrlarda mazkur din o`rnini asosan islom dini egallagan. Natijada bundan avvalgi davrlarda mavjud bo`lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning juda ko`p qismi, Sosoniylar davrida amalda bo`lgan «Ovisto» to`plamining taxminan to`rtdan uch qismi yo`kolib ketgan. Mana shu hol zardushtiylik ta`limoti tarixini va uning tarixshunosligini o`rganish uchun katta qiyinchilik tug’diradi. SHu ma`noda zardushtiylik mavzuining o`zi qator tarixiy-madaniy muammolarni o`rganish uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Eron, Afg’oniston va O`rta Osiyo xalqlari tarixining turli jihatlarini diniy mazmundagi matnlarsiz o`rganish mumkin emas. Bu fikr «Ovisto»ga xam tegishlidir. «Ovisto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo`libgina kolmay, u O`rta Osiyo va eron tarixi, madaniyatini, o`ziga xos siyosiy tuzumini o`rganish uchun katta ahamiyatga egadir. «Ovisto» shuningdek, O`rta Osiyodagi eng qadi­miy qabilalar va elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o`rganishda qo`l keladi. Garchi, SHimoliy Qora dengiz bo`yidagi skiflarning qabilalari zardushtiylik dinida bo`lmasa-da, qadimiyat-antik davr adiblarining skiflar tili, madaniyati, ijtimoiy hayot tarzi haqidagi fikrlarini SHarqshunoslik dilillari, xususan, «Ovisto»ga oid manbalar orqali yaxshiroq tushunish mumkin.
«Er yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan. Xorijiy olimlardan amriqolik R. Fray («Nasledie Irana»), farang sharqshunosi e. Benvenist, bel’giyalik professor J. Dyushen- Gyuyimen, shved eronshunoslari.X. YU. Nyuberg va G. Videngran, daniyalik K. Barr, nemis olimi V. Xints asarlarini, olimlardan I. A. Aliev., V. I. Abaeva, M. A. Dandamaev, I. M. D’yakonov, V. A. Livshits, B. G’. G’afurov va boshqalarning asarlarini ko`rsatish mumkin.
London dorilfununi professori M. Boys eron tarixi va madaniyatiga oid asarlari bilan zardushtiylikning o`rta asrlardagi va yangi zamondagi tarixini o`rganishga katta hissa qo`shdi. M. Boys 1963-64 yillarda YAzd vodiysi shimolidagi olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida hozirgi zardushtiylarning e`tiqodlari va rasm-rusmlarini o`rgandi.
YUqoridagi ishlari natijasida Meri Boys 4 jilddan iborat «Zardushtiylik tarixi» nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. Bu asarning qimmatli ahamiyatini e`tirof etgan holda unda zardushtiylikning keyingi davriga oid ma`lumotlar avvalgi davrlarga ko`chirilganligi muayyan e`tiroz uyg’otishini ta`kidlab o`tmoqchimiz. SHuningdek, M.. Boysning zardush­tiylikning qachon vujudga kelganligi haqidagi fikrlari munozaralidir. Miloddan avvalgi (V asr oxiri) tarixshunoslar yozishicha, Gerodotning zamondoshi lidiyalik Ksanor Zardusht nomini tilga olgan.
Keyingi tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o`z asarida Zardushtni assuriyaliklardan engilgan Baqgriya podshosi sifatida tilga oladi. SHuni ta`kidlash lozimki, Ktesiy asari ancha ilgari qayta ishlangan bo`lib, keyinroq o`tgan qadimiyat olimlari ana shu qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Zardusht haqida ma`lumot uchramaydi. Holbuki, Ksenofont Ahmoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va marosimlari bilan yaxshi tanish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida keltirilgan ma`lumotlarni umumlashtirib, aytish mumkinki, Ahmoniylar davri (miloddan avvalgi VI-V asrlar) da hali Zardushtni hukmron din asoschisi deb hisoblashmagan. Zardushtiylik dini tadqiqotchilari e. Benvenist, A. K. Kristensen, X. Nyuberg, V. V. Stru­ve va boshqalar ham shu fikrdalar.
Xullas, O`rta Osiyoda zardushtiylik dini tarqalishi tarixining ochilmagan qirralari kup. Bu ko`plab ilmiy izlanishlarni taqozo etadi.
Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar qo`shinlari og’ir sharoitlarda Hindiqush tog’ tizmalaridan o`tib, O`rta Osiyo hududlariga etib keldilar. Iskandarning bu harbiy yurish-lari uning istagiga muvofiq shohni kuzatib kelayotgan ba`zi adib-yozuvchilar va muarrixlar tomonidan yozib borilishi ko`zda tutilgan edi. Makedoniyalik lashkarboshilardan Aristobul, Ptolemey Lag va dengizchi darg’a Nearx ana shunday dastlabki tarix ezuvchilar edilar. Bu adiblarning xotiralari keyinroq o`tgan Arrian, Strabon va boshqa muarrixlarning asarlarida keltirilgan. Ammo yozma xotiralarining ko`pchilik qismi bizgacha etib kelmagan.
Iskandarning SHarqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday voqealar yuz berganligi undan 300-400 yil keyin yashagan 5 tarixchining asarlarida tasvirlangan. Ular o`z asarlarida Iskandar zamondoshlarining asarlari va esdaliklaridan foydalanganlar.
Iskandarning O`rta Osiyoga yurishlari tasviri esa yunon tarixchisi Arrian (miloddan avvalgi II asr) va Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) asarlarida saqlanib qolgan. Iskandarning SHarqqa qilgan yurishlarini mufassal yoritgan Plutarx (I-II asrlar) bilan YUstin (II asr) esa uning O`rta Osiyoga qilgan yurishlari haqida deyarli og’iz ochmaydilar. Sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona» asarida (miloddan av­valgi 1 asr) ko`p o`rinlar yo`qolgan. Bu asar 17 kitobdan iborat bo`lib, Iskandarning Amudaryo ortiga yurishi tasvirlangan boblarning faqat sarlavhalarigina saqlanib qolgan.
Tarixshunoslik an`analariga ko`ra, Kvint Kurtsiy Ruf asari ishonchli emas, muallif badiiy so`z jimjimadorligiga e`tibor beruvchi, turli-tuman latifalarni va badiiy to`qimalar bilan asarini bezovchi faylasuf-ritorikdir, degan fikr hukm suradi. Tarixchi asarini bunday yuzaki baholash haqiqatga to`g’ri kelmaydi, mamlakatimiz tarixshunosligi ruhiga ham ziddir. Kur­tsiy Rufning juda ko`p ma`lumotlari boshqa tarixiy manbalar bilan taqqoslanganida yuqoridagi fikrlarning to`g’ri ekanligining guvohi bo`lamiz.
Ammo Kurtsiy Ruf asarlariga nisbatan jangchi adib Arrian risolasida O`rta Osiyo voqealari bayoni ancha ishonchli hisoblanadi. Arrian o`zi Osiyodagi janglarda qatnashgan. Uning asari aslida harbiy san`atga bagishlansada, u Iskandar zamondoshlari Aristobul va Ptolemey Lag esdaliklaridan foydalangan. Ba`zi o`rinlarda ulardan ko`chirmalar keltirilgan. Aristobul bilan Ptolemey Lag asarlarida faqat o`zlari qatnashgan voqealarni bayon etganliklari uchun Arrian ularda bo`lmagan voqealarning etishmagan o`rinlarini Kurtsiy Ruf kitobidagi hikoyalar bilan to`ldiradi.
Makedoniyalik Iskandar va uning davriga bag’ishlangan juda ko`p adabiyotlar bo`lishiga qaramay, bu fotihning O`rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida juda kam mualliflar yozganlar.
SHunday qilib, miloddan avvalgi 331 yilda Gretsiya-Makedoniya qo`shinlari So`g’diyona hududlariga bostirib kirdilar. Ular bu erda mahalliy aholining juda qattiq qarshiligiga uchradilar. Milliy qahramon Spitamen rahbarligidagi xalq qo`zg’oloni tarixdan ma`lum. Iskandarga qarshi o`rta osiyolik xalqlarning urushlari uzoq davom etdi.
Tarixiy manbalardan So`g’diyona poytaxti Marokanda (Samarqand) qanday qilib makedoniyaliklar qo`liga o`tib qolganligini unchalik ravshan tasavvur etolmaymiz. Kvint Kurtsiy Rufning yozishicha, Iskandar shaharda qo`shin qoldirib, atrofdagi qishloqlarga o`t qo`ygan. Kurtsiy Rufning guvohligiga ko`ra Marokanda qal`asi devorini uzunligi 70 stadiy bo`lib, shahar ichkarisida yana bir devor bo`lgan.
Iskandar O`rta Osiyoda yangi shaharlar barpo eta boshlaydi. CHekka Iskandariya shahri (hozirgi Xo`jand) Iskandar rejasi bilan qurilgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, CHek­ka Iskandariyada grek-makedon qo`shinlarining horib-charchagan, yarador bo`lgan yoki qarib, qattiq janglarga yaramay qolgan jangchilari, yaqin-atrofdan ixtiyoriy ravishda kelgan so`g’diyonaliklar joylashtirilgan. SHahar aholisining ma`lum qismi asirlardan iborat edi. Iskandar rejasiga muvofiq, bunday shaharlar makedoniyaliklarning boshqa istilolari uchun tayanch istehkomlariga aylanishi kerak edi. Ammo Iskandar istilochilari O`rta Osiyo xalqlarini uzoq vaqt asoratda tutib turolmadi.
Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar o`ziga qarshi bosh ko`targan So`g’diyonani uch marta qaytadan zabt etishga majbur bo`ldi. Ayniksa O`rta Osiyo qabilalarining milliy qahramoni Spitamen boshchiligidagi vatanparvar kuchlarning istilochilarga qarshi ozodlik kurashi makedoniyaliklar uchun katta xavf tug’dirar edi. o`ziga qarshi xalq harakatlarini bostirish uchun Iskandar juda ko`p harbiy va moddiy kuchlariii sarflashdan tashqari mahalliy zodagonlar bilan «do`stona» aloqalar o`rnatishga harakat qildi. Iskandar mahalliy zodagonlarning siyosiy ta`sirini va er-mulklarini kengaytirdi. U mahalliy zodagonlarga saxovat bilan mol-dunyo, qul, cho`rilar sovg’a qilishdan tashqari, So`gdiyonaning boy va ta`sirli mansabdori Oksiartning qizi Ravshanak (yunon-rim manbalarida Roksana) ga uylandi. Iskandarning Ravshanakka uylanishi uning So`g’d-Baqtriya zodagonlari bilan aloqalarini mustahkamlash bilan birga ularni o`z tarafiga og’dirib olishga imkon berdi. Iskandar mana shu yangi siyosati bilan O`rta Osiyoni batamom o`ziga bo`ysundirishga erishdi, SHunga qaramay, Iskandarning qo`shinlari orasida uning siyosatidan norozi bo`lgan ayrim lashkarboshilar isyon ko`tarishga urindilar. Ammo ularning noroziligi shafqatsizlarcha bostirildi.
Mahalliy zodagonlarning makedoniyaliklar tarafiga utishi Iskandarga O`rta Osiyodagi dehqonlar va chorvador jamoalari qarshiligini engishga hamda O`rta Osiyoni o`zining juda katta monarxiyasi qatoriga qo`shib olishga yordam berdi. Makedoniya istilochilariga ittifoqchi bo`lib olgan mahalliy zodagonlar O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalarida hukmron siyosiy va iqtisodiy kuchga aylandi. Keyinchalik xam Iskandar va uning vorislari (Salavkiylar va boshqalar) O`rta Osiyo xalqlari hayotida tarixan tarkib tolgan bu vaziyat bilan hisoblashishga majbur edilar.
Xullas, Makedoniya istilosidan so`ng O`rta Osiyo xalqlarining xalqaro iqtisodiy, savdo aloqalari kuchayib bordi. Ayniqsa o`rta osiyoliklarning Iskandar qo`shinlari fath etgan Hindiston bilan yaqin aloqalar o`rnatishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. So`g’diyona va Baqtriyada ham yangi-yangi shaharlar qad ko`tardi. Tarixiy manbalarda Iskandar va uning lashkarboshilari O`rta Osiyoda 12 ta shahar bunyod etganligi aytiladi. SHu bilan birga olimlardan I.SH. SHifman Iskandar qo`shinlarining So`g’diyonadagi vayrongar­chiliklarini CHingizxon istilosiga o`xshatadi. Bu vayrongarchiliklar oqibatida mamlakat xalqi keskin kamayib ketdi. So`g’d aholisi Vatanlarini tark etib, boshqa yurtlarga bosh olib ketishdi. Grek-makedonlar Farg’ona, Ettisuv, Markaziy Osiyo­ni ham mustamlakalariga aylantirdilar. Iskandarning istilochilik siyosatini uning vorislari (selevkiylar) davom ettirdilar. Iskandar vafotidan 75 yil o`tgach, Baqtriya satrapi (noibi) Diodot o`zini mustaqil hukmdor deb e`lon qildi. Pom­pey Trog mubolag’a qilib ezishicha, minglab shaharlar Diodot qo`l ostiga o`tdi. Selevkiylar davlati miloddan avvalgi 255-250 yillarga kelib bo`shashdi.
O`rta Osiyo xalqlari ba`zi davrlarda Hindiston va Xitoy bilan bir davlat bo`lib yashagan. Miloddan avvalgi II asrda yashagan Xan saroyi elchisi CHjan-TSyan asarlari, epigrafik yodgorliklar va arxeologik qazuv natijalari bunga guvohlik beradi. Ay­niqsa, arxeologlarning olib borgan qazuv va kuzatuv ishlari tufayli qadimiy tariximizning juda ko`p noma`lum sahifalari ochildi. Bu ishlar o`sha zamonlardagi madaniy hayot muammolari, ishlab chiqarish kuchlari, tarixiy toponimika, tarixiy jo`g’rofiya, iqtisodiy aloqalar, xalqlarimiz etnogenezi (milliy kelib chiqishi) sohasida qimmatli ma`lumotlar beradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling