Namangan davlat universiteti ikromova musharrafxon nematillayevna maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 0.87 Mb.
bet8/30
Sana09.05.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1449620
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
автореферат Икромова М Н 25 04

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqotning ilmiy natijalari 6 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamalardan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 20 ta ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, shundan 3 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. 2 ta dasturiy mahsulotga O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk Agentligidan mualliflik guvohnomalari olingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning asosiy matni 125 sahifani tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, obyekti va predmeti aniqlangan, hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma’lumotlar kiritilgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida xorijiy davlatlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida ilmiy manbalarga tayangan holda o‘rganilgan. Bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ularning yoshiga xos bo‘lgan pedagogik va psixologik jihatlar, shuningdek ushbu vazifaning nazariya va amaliyotdagi holati ilmiy-nazariy taxlil qilingan.
Yoshlarga hayoti davomida zarur bo‘lgan kompetensiyalarni egallashiga e’tibor qaratish hamda ularni raqamli dunyo talablariga javob bera oladigan darajada tayyorlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. XXI asr ko‘nikmalari hisoblangan ijodiy, tanqidiy, mantiqiy, algoritmik fikrlash, muammolarni hal etish, guruhda ishlash, ta’lim olishni o‘rganish bilan bog‘liq kompetensiyalarni rivojlantirish butun dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim masala hisoblanadi. Ushbu kompetensiyalar “Computational thinking” atamasi bilan bog‘liq kompetensiyani tashkil etishi dunyoda olib borilayotgan ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma’lum. Bunday tafakkur shakli raqamli vositalar bilan muloqot natijasida shakllangan fikrlash jarayoni2 bilan bog‘liqligini inobatga olib, ushbu tadqiqot doirasida “Raqamli tafakkur” tushunchasi aniqlandi va u quyidagicha ta’riflandi: “Raqamli tafakkur – muammoni aniqlash, uni hal etish usulini ma’lumotni qayta ishlovchi vositalar uchun tushunarli tarzda ifodalash va natijani olish jarayonida shakllanuvchi tafakkur shaklidir”. Ushbu fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish shaxsning intellektual sezgirligiga ta’sir etishning samarador usullaridan biridir. Algoritmik tafakkur raqamli tafakkur va dasturlashning dastlabki ko’nikmasi bo’lib, ularni rivojlantirish jarayoni asosan algoritmik tafakkurni shakllantirishga qaratilgan. “Tafakkur” (arabchadan “fikr yuritish”, “fikrlash” degan ma’noni bildiradi) – obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati; fikrlash deb izohlanadi3. Sobiq Sovet Ittifoqining Informatika fani asoschilaridan biri A.P.Yershov “Dasturlashni asoslashtirish”, “Dasturlash  ikkinchi savodxonlik” degan g‘oyalarni ilgari surib, “bolalarga yangi, noma’lum bilimlar va ko‘nikmalarni bermasdan ularga o‘z-o‘zidan, anglanmagan holda shakllanadigan fikrlash ko‘nikmasini, ayniqsa algoritmik fikrlash ko‘nikmasini aniqlash va shakllantirishga e’tibor qaratish kerak” deb ta’kidlagan. Shuningdek, algoritmik fikrlash ko‘nikmasini miqdoriy va fazoviy tasavvurlarning rivojlanishi, abstraktlash, sxemalash va boshqa shu kabi matematik elementlarni shakllanishi bilan bir qatorda ko‘rib, uni dastlabki matematik tasavvurlar paydo bo‘ladigan yoshdan boshlab shakllantirish zarur degan fikrlarni bildirgan. Ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlaridan, xususan H.Yo.Najmiddinovaning ilmiy-tadqiqot ishidan4 ma’lumki, dastlabki matematik tasavvurlar maktabgacha yoshdan (asosan 3 yoshdan boshlab) shakllanadi. O‘rganilgan manbalarga asoslanib, algoritmik fikrlash ko‘nikmasini quyidagicha ta’riflandi: “Algoritmik fikrlash ko‘nikmasi - muammoni aniqlash, uning yechimlari orasidan eng maqbulini tanlash, ketma-ket qadamlar asosida natijaga erishish jarayonida shakllanadigan fikrlash ko‘nikmasi”. Algoritm bilan ishlash muammoni aniqlash, mavjud yechimlar orasidan eng maqbulini tanlash, algoritm natijasini avvaldan ko‘ra bilishi uchun bola taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi, bilishi kerak. Bular esa mantiqiy tafakkur elementlari hisoblanadi. Algoritmik va mantiqiy fikrlash bir-birini to‘ldirib, bir-birini shakllantiradi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari qatorida shakllantirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq. Jahon amaliyotida maktabgacha yoshdagi bolalarning algoritmik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish dasturlash bo‘yicha mashg‘ulotlarda qiziqarli tarzda ikki strategiya, kompyutersiz (unplugged) va kompyuterli faoliyat asosida tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda ham yoshlarning raqamli bilimlar va mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash muhim masala hisoblanadi. Bu borada chiqarilayotgan farmon va qarorlar qatorida Prezidentimizni birgina “Raqamli bilimlarni egallashimiz zarur va shart, bu biz uchun rivojlanishning eng qisqa yo‘lidir”5 degan fikrlari bu masalaning qanchalik dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha yosh davrida mantiqiy va algoritmik tafakkurning boshlang‘ich turlari, predmetli-harakatli va predmetli-obrazli tafakkur shakllanadi, ularning yetarli darajada shakllanishi kelgusida mantiqiy va undan yuqori tafakkur shakllarining yaxshi rivojlanishiga asos bo‘ladi6. Aynan maktabgacha yosh davrida bolalarda obrazli tafakkur shakllana boshlaydi. Shuning uchun ushbu tadqiqot ishida I.Ya. Kaplunovichning obrazli tafakkur tuzilishi modelini7 o‘rganildi va undan ilmiy asos sifatida foydalanildi. 1-jadvalda obrazli tafakkur tashkil etuvchilari, mantiqiy fikrlash ko‘nikmasi, algoritmik ko‘nikma va ularning har bir yoshga doir xususiyatlari berilgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling