Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Menejment yo’lanishi mj-au-22 talabasi Kamoliddinov Nurmuhammadning Sohada Axborot texnologiyalarining qo’llanishi fanidan mustaqil ish namangan-2023 Tarmoq texnologiyalari va Internet xizmatlari


Download 121.91 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi121.91 Kb.
#1442754
Bog'liq
Akt


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI



Iqtisodiyot fakulteti
Menejment yo’lanishi MJ-AU-22 talabasi
Kamoliddinov Nurmuhammadning
Sohada Axborot texnologiyalarining qo’llanishi fanidan
MUSTAQIL ISH

Namangan-2023

Tarmoq texnologiyalari va Internet xizmatlari
REJA:

  1. Swich va Hub

  2. Tarmoq turlari

  3. Tarmoq qurilish turlari


HUB yoki SWITCH?
1.HUB yoki SWITCH? qaysi biridan foydalangan ma’qul? To‘g‘ri tanlov kerakmi? U xolda siz bu tarmoq qurilmalarining qay biri qay holatda ishlatilishi va ularning bir – biridan farqini bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman olganda orgtexnika bilan yaxshi tanish inson hub va switch xaqida ham bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lishi aniq.Ammo aksari uning ichida, ya’ni portlarda qanday jaraynlar kechishi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emaslar. Keling avval Hub – tarmoq qurilmasini ko‘rib chiqamiz.Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.Hub’ni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Tarmoq turlari
2.Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi.2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.
2. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.Tarmoq taqdim etadigan hizmatlar. Kompyutеr tarmoqlari axborotlarni elеktr signallari ko’rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun quriladi, ya'ni bog’langan kompyutеrlar orqali biror masalalarni еchish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida kеltirish mumkin:Fayl sеrvеr xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyutеrlar asosiy kompyutеrning (sеrvеr) ma'lumotlaridan foydalanish yoki o’zma'lumotlarini asosiy kompyutеr xotirasiga joylashtirish mumkin;Print sеrvеr xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyutеrlar o’z ma'lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyutеr boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin;Proksi sеrvеr xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyutеrlar xizmat joriy qilingan kompyutеr boshqaruvi orqali bir vaqtda Intеrnеt yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;Kompyutеr va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyutеrlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuritishi bеlgilanadi va nazorat qilinadi.
3. Axborotni uzatish va qabul qilish.Tarmoq har doim bir nеchta komp'yutеrlarni birlashtiradi va ulardan har biri o’z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komp'yutеrlar o’rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o’z navbatida komp'yutеrlar o’rtasidagi axborot to’qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi.Kompyutеrlar tarmoqlari tashkil etilgandan so’ng undagi barcha kompyutеrlarning manzillari bеlgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyutеrdan boshqasiga uzatish kompyutеr manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo’natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo’natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko’rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyutеr kеlgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o’zining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos kеlsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib olganligi to’g’risida tasdiq yo’llaydi. Xuddi shu tariqa kompyutеrlararo axborot almashiniladi.Lokal, mintaqaviy va global komp'yutеr tarmoqlari. Kompyutеr tarmoqlarini ularning gеografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nеchta turlarga ajratish mumkin, masalan:Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi komp'yutеrlarni o’zaro bog’lagan tarmoq.Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyutеrlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki tеlеkommunikatsiya kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar.Global tarmoqlar - o’ziga butun dunyo kompyutеrlarini, abonеntlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini tеlеkommunikatsiya (kabеlli, simsiz, sun'iy yo’ldosh) aloqalari tarmog’i orqali bog’lagan yirik tarmoq.Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi. Ma'lum vaqt oralig’ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tеzligini bеlgilaydi.Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tеzlik tushunchasi va uning o’lchov birliklari mavjud bo’lganidеk, axborotning ham uzatish tеzligi hamda o’lchov birliklari mavjuddir, bular:Bit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;Kbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;Mbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;Gbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma'lum vaqt oralig’ida uzatiladigan axborot hajmi bilan bеlgilanadi. Bu o’z navbatida axborot kanallarining o’tkazish qobilyatini anglatadi.Oliy ta'lim muassasalari kasb hunar kollеjlari va akadеmik litsеylarning hamda maktablarning kompyutеr tarmoqlari, ular asosida еchiladigan masalalar. Oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollеjlari va akadеmik litsеylar va maktablarning kompyutеr tarmoqlari hamda ular asosida еchiladigan masalalar quyidagilardan iborat:Axborotni tashkil qilish va izlab topish;Zamonaviy axborot tеxnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;Fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo’shimcha ma'lumotlarni tarmoqdan qidirish;Talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;Elеktron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;Masofaviy ta'lim olish;Hisobotlar tayyorlash va uzatish;
Tarmoq qurilish turlari
3. Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish – bu texnologiyalarni tanlash, ishchi stansiyalar sonini, ularning o’zaro joylashuvini aniqlash bo’lib, faoliyat turiga qarab foydalanuvchilarning ishchi guruhlari aniqlanadi. Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) cheklangan hududda ishlaydi, uni yaratishda odatda maxsus o’rama juft yoki koaksial kabellardan foydalaniladi. Ayrim hollarda uzoq masofalarda aloqani ta’minlashda yoki himoya bo’yicha yuqori talab qo’yilganda optik tolali kabellar ko’llaniladi. Lokal tarmoqlar uchun kabel bir vaqtda ko’plab abonentlar foydalanuvchi monokanal rolini bajaradi.Belgilangan maqsadi, atxitekturasi, ma’lumot almashinuvini tashkil qilish va abonentlarni o’zaro aloqa qilish qoidasi bo’yicha lokal tarmoqlarning har xil turlarini belgilash mumkin. LHT barcha turlari axborot tizimlari hisoblanib, axborot resurslari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ko’p hollarda LHT katta tarmoqning bir qismi bo’lib, bo’lim, departament, laboratoriya, markaz, ofis yoki ishlab chiqarish sohalariga bog’liq bo’lgan hududiy harakterdagi ma’lumotlarga ishlov berish vazifasini bajaradi. Bo’limlarning faoliyat turi servislar va xizmat sifatini o’z ichiga oluvchi lokal tarmoqlarning arxitekturasiga ta’sir ko’rsatadi.Funksional vazifasiga ko’ra lokal tarmoqlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1.ish hujjat almashinuvi, normativ-ma’lumotnoma, kutubxona va axborot arxivi bo’yicha foydalanuvchilarning axborot xizmatini bajaruvchi tarmoq; 2.asosiy vazifasi ilmiy-texnik hisoblashlarni bajaruvchi va tadqiqot loyihalarini avtomatlashtirish bo’lgan lokal tarmoq; 3.qaror qabul qilish tizimlari, ekspert tizimlari, masofaviy o’qitish, dizayn va loyihalash tarmoqlari;4.mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va marketing bo’yicha korxona faoliyatini boshqaruvchi lokal tarmoq.O’tkazuvchanlik xususiyati bo’yicha LHT quyidagi darajalarga bo’linadi: 1.ingichka koaksial kabel yoki o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati past (ma’lumot uzatish tezligi 10 Mbit/s atrofida) bo’lgan LHT; 2.yo’g’on koaksial kabel yoki ekranlangan o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati o’rtacha (ma’lumot uzatish tezligi 100 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT; 3.optik tolali aloqa kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati yuqori (ma’lumot uzatish tezligi 1000 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT.Lokal tarmoqning dastlabki texnologiyalarida fizik pog’onada kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI, Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning o’rtalariga kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi.Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi.Ajratiladigan muhitli lokal tarmoqlar uchun kommunikasion qurilmalarAjratiladigan muhitdan iborat minimal konfigurasiyali lokal hisoblash tarmog’i kommunikasion qurilma sifatida kamida konsentratorlar va tarmoq adapterlaridan iborat bo’lishi kerak. Bu uncha katta bo’lmagan tarmoq qismlarining asosini tashkil qilib, keyinchalik kommutatorlar, ko’priklar va marshrutizatorlar orqali bir-biri bilan bog’lanadi.Tarmoq adapterlarining asosiy funksiyalarini ko’rib chiqamiz.
Download 121.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling