Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet105/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Ipq=Ip*Iq

Bu metodning muhim amaliy ahamiyati shundaki, umumiy ko’rsatkichda noma’lum bo’lgan komponentni miqdorini ham aniqlash mumkin. Masalan, tovarlar fizik hajmi umumiy indeksini hisoblash uchun haqiqiy baholardagi tovar oboroti indeksini baho indeksiga nisbati olinadi.


Omilli aloqada ikki belgi: omil va natijaviy belgi qatnashadi va bu aloqa turi faqat variatsion qatorlarda uchrashi mumkin. O’z xarakteri bo’yicha aloqani bu turi sabab-oqibat (determinirlashgan) bog’liqligi bo’ladi.
Omilli aloqalar o’z navbatida funktsional va korrelyatsion bog’lanishlarga bo’linadi.
Funktsional bog’lanishda bir o’zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa o’zgaruvchi belgining aniq bitta qiymati mos keladi. Bunday bog’lanishning muhim xususiyati shundaki, bunda hamma omillarning to’liq ro’yxatini va ularning natijaviy belgi bilan bog’lanishini to’la ifodalovchi tenglamani yozish mumkin. Masalan, uchburchakning yuzi (S) faqat uning asosi (a) bilan balandligi (h) ga bog’liq, bu bog’lanish S= 1/2 ah formula bilan to’la ifodalanadi. Bu erda «a» va «h» omil 1/2 - mutanosiblik koeffitsentidir. Yoki, aylana maydoni, ma’lumki, to’lig’icha uning radiusi miqdoriga bog’liq: u radius kvadratiga to’g’ri proportsional.
Funktsional bog’lanishlarni to’liq bog’lanishlar ham deb atashadi.
Korrelyatsion (yoki noto’liq ) bog’lanishda omil belgining har bir qiymatiga natijaviy belgining aniq qiymati emas, balki har xil qiymatlari mos keladi. Masalan, kompaniya menejerining ma’lumoti, uning mehnat unumdorligiga ta’sir qiladi. Yoki quruvchini olaylik. Uning razryadi bilan ish haqi o’rtasida bog’liqlik bor, ya’ni razryad oshib borishi bilan ish xaqi ko’payib borishi mumkin. Lekin bizga ma’lumki, quruvchining razryadiga uning ish haqi to’liq bog’liq emas. Ikkinchidan, bir xil razryadga ega bo’lgan quruvchilar, ishlayotgan ob’ektiga qarab turli miqdorda ish haqi oladilar. Buning asosiy sababi, ish haqi hajmi faqat ish razryadiga emas, balki boshqa omillarga ham (masalan, shaxsiy qobiliyat, ish sharoiti, sog’liq darajasi, ma’lumot, korxonaning moliyaviy holati va h.k.) bog’liqligidir.
Statistikada bog’lanishlar yo’nalishi bo’yicha: to’g’ri va teskari aloqaga bo’linadi. To’g’ri bog’lanishga quruvchining ish razryadi va ish haqi o’rtasidagi bog’lanish misol bo’lishi mumkin. Ma’lumki, boshqa shartlar o’zgarmasdan qolsa, ish razryadining oshishi ish xaqini oshishiga olib keladi.
Agarda bir belgining ortib borishi bilan, ikkinchi unga tobe bo’lgan belgi pasayib borsa, bunday aloqa teskari bog’lanish deyiladi. Masalan, kompyuter operatori har 10 minutda bir varaq tekstni tera oladi, ya’ni uning unumdorligi bir soatda 6 varaq. Agarda operator bir varaq tekstni terish uchun 9 minut sarflasa uni unumdorligi oshadi. Demak, mehnat unumdorligi va bir birlikka (mahsulot ishlab chiqarish ham bo’lishi mumkin) sarflangan vaqt o’rtasida teskari bog’lanish mavjud.
Analitik ifodalarning ko’rinishiga qarab bog’lanishlar ikki turga, ya’ni: to’g’ri va egri chiziqli bog’lanishlarga bo’linadi.
To’g’ri chiziqli bog’lanishda omil belgining o’zgarishi bilan natijaviy belgining o’zgarishi bitta yo’nalishda bo’ladi, ya’ni omil belgi oshib borsa, natijaviy belgi ham oshib boradi va aksincha.
Egri chiziqli bog’lanishda esa, omil belgining o’zgarishi bilan natijaviy belgi ma’lum bir vaqtgacha u bilan parallel o’zgarib boradi, ma’lum bir nuqtaga etgandan so’ng natijaviy belgining o’zgarish yo’nalishi o’zgara boshlaydi. Demak, ular o’rtasidagi bog’liqlik doimiy emas.
Omillarning o’zaro harakati nuqtai-nazaridan aloqadorlikni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: juft belgilarning aloqadorligi; ko’p belgilarning o’zaro aloqadorligi.
Masalan, talabaning dars qilish soati bilan o’zlashtirishi o’rtasidagi aloqani o’rgansak, bu juft aloqadorlik deyiladi, agarda talaba o’zlashtirishiga dars qilish soati, oilaviy ahvoli, darsliklar bilan ta’minlanganligi va boshqa omillarning ta’sirini o’rgansak, bu ko’p omilli aloqadorlik deyiladi.
Aloqadorlikning yana boshqa turlarini ham uchratish mumkin, Masalan, ular bevosita, bilvosita va yolg’on turlarga bo’linadi. Bevosita aloqadorlikda omil belgi natijaviy belgiga o’z ta’sirini to’g’ridan-to’g’ri, bilvositada esa bir yoki ikki omil orqalio’tkazadi. Uchinchi turda, yuzaki qaraganda ko’rsatkichlar o’zaro aloqador bo’lib tuyulgani bilan (hatto ular raqamlarda bog’lanishiga qaramasdan), ular haqiqatda esa o’zaro bog’lanmagan ko’rsatkichlardir. Masalan, juda ko’p biznesmenlar otalarining biznesga hech qanday aloqasi bo’lmagan. Olamga mashhur Pelening o’g’li futbolist bo’lmagan.
Belgilar o’rtasidagi aloqadorlik ta’sir kuchi bo’yicha kuchsiz, mo’’tadil va kuchli (juda kuchli) turlarga bo’linadi. Bu bog’liqliklar statistikada aniq miqdorlarda ifodalanadi va alohida ko’rsatkichlar uchun qabul qilingan umumiy aloqadorlik kuchi me’yorlari bilan talqin qilinadi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro aloqadorligi va birining ikkinchisiga tobeligi, birinchi navbatda, mantiqiy-nazariy tahlil asosida aniqlanadi. Lekin ularni haqiqiy va aniq o’rganish statistik ifodani talab etadi. Talabaning dars qilish soati bilan, masalan, uning o’zlashtirishi o’rtasida bog’lanish borligiga nazariy jihatdan hech qanday shubha yo’q. Biroq aniq masalani echayotganda nazariyaga suyanib qolishning o’zi etarli emas, muayyan masalani echishda statistikaning aniq ko’rsatkichlari orqali bog’liqlikni ifodalash zarur.
Ko’rsatkichlarning o’zaro aloqadorligi statistikaning bir qancha metodlarining birikmalari yordamida aniqlanishi va ifodalanishi mumkin. Parallel qatorlarni solishtirish, balans metodi, statistik guruhlash va grafiklar, dispersion va korrelyatsion tahlil metodlari ko’rsatkichlarni o’zaro bog’liqligini aniqlash va o’rganishning asosiy usullari bo’lib hisoblanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling