Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
BOB. O’ZARO BOG’LANIShLARNI STATISTIK O’RGANISh
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
BOB. O’ZARO BOG’LANIShLARNI STATISTIK O’RGANIShKo’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligi va ularni statistik o’rganish metodlari Iqtisodiyotni barcha ko’rsatkichlari o’zaro bog’liq, ko’p paytda ularning biri ikkinchisiga tobe. Masalan, milliy daromadlar hajmi yalpi ichki mahsulot hajmiga bevosita bog’liq. Mehnat unumdorligi va tannarxni olsak, birinchi ko’rsatkich o’zgarishi bilan, aniqrog’i, mehnat unumdorligining ortishi tannarxni pasayishiga olib keladi tovar oborotning hajmi tovarlar bahosi va miqdorini o’zgarishiga bevosita bog’liq. Bu bog’liqliklarni aniqlash va o’lchash statistikaning muhim vazifalaridan biridir. O’rganilayotgan ob’ektning ish faoliyatini u yoki bu tomonini o’zida aks ettiruvchi statistik ko’rsatkichlar, o’zaro quyidagi aloqa turlarida bo’lishlari mumkin: balansli aloqa; komponentli aloqa; omilli aloqada. Balansli aloqa korxona resurslari (mablag’lari)ning yaratilishi manbalari va ulardan foydalanishni ifodalaydi. Korxona moddiy resurslarining balansi quyidagi oddiy tenglik yordamida tekshiriladi: R n +P=V-R k bu erda: R n – davr boshidagi qoldiq; P - olib kelingan resurslar; V- chiqib ketgan resurslar; R k - davr oxiridagi qoldiq. Bu balansli tenglama savdo korxonalarida juda keng qo’llaniladi . Masalan, bir supermarketni oladigan bo’lsak, bu formulani chap tomoni supermarketning xalq iste’moli bozoriga kiritgan taklifini baholasa, o’ng tomoni shu taklifni talabga qanchalik muvofiqligini baholaydi. Bu tenglik (formula) faqat aloqani ko’rsatib qolmasdan, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega, ya’ni uning yordamida savdo korxonalari har bir tovar yoki tovar guruhi bo’yicha talabning o’zgarib borishini o’rganib borishlari mumkin, ikkinchidan har bir tovar yoki tovar guruhi bo’yicha sotilgan tovarlarning miqdoriy hisob-kitobi olib boriladi. Aholida tovarlar sotilishining hisob-kitobi savdoda xarajat talabchanligini o’rganishda juda muhim ma’lumotdir. Ko’rsatkichlarning komponentli aloqasi ko’paytuvchi shaklida ko’rsatkichga kirgan alohida komponentlarning o’zgarishi natijasida statistik ko’rsatkichning o’zgarishini ifodalaydi. Bu aloqa turiga, biz 8-mavzuda ko’rib chiqilgan o’zaro bog’liq indekslarni kiritishimiz mumkin. Masalan, haqiqiy baholardagi tovar oboroti indeksi baho va tovarlar fizik hajmi indeksi ko’paytmasiga teng. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling