Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar O’tgan davr Joriy davr
10.5-jadvalBankning daromadlari va xarajatlari haqida ma’lumotlar (mln. so’m)
10.5-jadval keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: foyda summasi joriy davrda o’tgan davrga nisbatn 80,4 mln so’mga (318,0- 237,6) oshgan, xarajatlar esa – 51,9 mln. so’mga (273,7-325,6) pasaygan. Bu hol rentabellik darajasini xarajatlarga nisbatan) 43,3 punktga (116,2-72,9) oshganligi hisobidan ro’y berdi. Ustav fondiga nisbatan hisoblangan rentabellilik darajasi ham 28,18 so’mdan 36,07 so’mga o’sdi. Muassasa rentabelligini o’sishi hisobidan foyda summasi 69,6 mln so’mga [(36,07-28,18):1000]8816,5], ustav fondini 386,8 mln. so’mga (8816,5-8429,7) ortishi hisobidan foyda summasi 10,9 mln. so’mga [(386,8*828,18):1000] ko’paydi. Shunday qilib, foydaning qo’shimcha o’sishining asosiy qismi - 86,6% (69,6:80,4) – muassasa rentabelligini o’sishiga bog’liqdir. Xizmat rentabelligini (xarajatlarga nisbatan) statistik tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan usul va metodlardan tashqari, o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tarkibiy siljish indekslari ham hisoblanishi mumkin. Bu indekslar yordamida, bankning alohida bo’limlarida bank xizmati rentabelligini hamda xarajatlar tarkibini o’zgarishini, umumiy rentabellikning mutlaq va nisbiy o’zgarishiga ta’siri hisoblash mumkin. Analitik maqsadlar uchun banklarning amaliy faoliyatida quyidagi ko’rsatkichlar qo’llanilishi mumkin: foydani umumiy daromadlardagi ulushi, bir so’mlik aktiv operatsiyalarga to’g’ri keladigan daromad; bir so’mlik kredit qo’yilmalariga to’g’ri keladigan daromad; to’lash qobiliyati va likvidlilik koeffitsientlari. Bu ko’rsatkichlar kredit muassasalarining asosiy faoliyatini muhim tomonlarini samaradorligini xarakterlaydi. Ikki ko’rsatkichda (aylanishlar soni va bir aylanishning vaqti) ifodalanuvchi pul mablag’larining aylanishining tezligi, bank muassasalarining xo’jalik va moliyaviy faoliyatini samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Pul mablag’lari aylanishi soni, pul oboroti hajmini pul mablag’larini o’rtacha qoldig’iga nisbati bilan, bir aylanish vaqti esa, o’rtacha pul qoldiqlarini bir kunlik oborotga nisbati bilan hisoblaniladi. Bu ko’rsatkichlarni statistik tahliliga biz to’xtalmadik, chunki bunday tahlil oldingi mavzularda (pul muomalasi, kredit statistikasi va boshqalar) keng yoritildi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan mamlakatimizda hissadorlik (aktsionerlik) jamiyatlari soni kundan-kunga oshib bormoqda. Ishlab chiqarishni bu tashkiliy shaklining xususiyati shundaki, korxona aktivlarining bir qismi aktsionerlarga qarashlidir. Bu holni hisobga olgan holda, aktsionerlik jamiyatlari moliyaviy natijalari tahlil qilinayotganda ham aktsionerlar, ham korxona manfaatlarini nazarda tutish zarur. Mana shu talabga javob beruvchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda; aktsiyani hisob narxi; aktsiyani haqiqiy qiymati; aktsiyador kapital va umumiy kapitalni qaytimi; kapital va daromad tarkibi va boshqalar. Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlardan eng muhimi birinchi ko’rsatkichdir - bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda. Bu ko’rsatkich (U) sof foyda summasini (soliqlar ajratilgan summa) chiqarilgan aktsiyalar soniga nisbati bilan aniqlaniladi. Ushbu ko’rsatkichni hajmiga quyidagi omillar o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi: sof foydani umumiy foydadagi hisssi (A); umumiy foyda va sotilgan mahsulot hajmi nisbati koeffitsienti (B); barcha aktivlarni aylanish koeffitsienti (V-sotilgan mahsulot va barcha aktivlar nisbati); barcha aktivlar va aktsiyadorlik kapitali nisbati (G); aktsiyani hisob narxi (D). Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan sof foyda summasini omillar hisobidan qo’shimcha o’sishni o’lchash uchun quyidagi ko’p omilli indeks modeli tuziladi. ф ха хб хв хг хд Keltirilgan model bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan sof foyda summasini kompleks tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bu tahlilni 10. 6-jadval ma’lumotlari asosida bajaramiz. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling