Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Pul oqimi (Cash Floy)
6. RKF = –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––– 100 Barcha aktivlar (balans valyutasining o’rtacha qiymati) Bu ko’rsatkich o’ziga tegishli aktivlar (kapital)ga nisbatan ham hisoblanishi mumkin. Ba’zi bir ilmiy-amaliy adabiyotda investitsion loyihalarini samaradorligini o’rganishda qo’llaniladigan keltirilgan xarajatlar (EK+ITX)ga nisbatan hisoblash ham tavsiya etiladi. Bunda K - barcha kapital, E -diskontlashtirish koeffitsienti (samaradorlik normasi), ITX - ishlab chiqarish tannarxi. Foyda va rentabellik ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil va talqin qilishda inflyatsiya darajasini past va yuqoriligini ham e’tiborga olishi zarur. Bundan tashqari yalpi va sof foyda massasini hisoblashda va o’rganishda soliq siyosatidagi o’zgarishlar (soliq turlari va stavkalari)ni ta’sirini alohida o’rganmoq kerak. Foyda massasini hisoblayotganda sof tushum va ishlab chiqarish tannarxining deflyatorlari bir-biridan uncha katta bo’lmagan darajada farq qilmasa, unda inflyatsiyaning ta’siri uncha bo’lmaydi. Ammo amaliyotda bu deflyatorlar turli darajalarda ham bo’lishi mumkin. Rentabellik ko’rsatkichlarini (Ryx, Ro’q, Rb, RKF) o’rganishda barcha aktivlar, ayniqsa asosiy kapitalni qayta baholanishi (O’zbekistonda keyingi paytda 01.01.1995 va 01.01.2001 yil holati bo’yicha), hamda aylanma kapitalning nomonetar qismini baholashda qo’llaniladigan fifo, lifo yoki o’rtacha narxlar va turli metodikalar (GPL, CCA, aralash) dan foydalanilishini ta’sirini ham e’tiborga olinmog’i kerak. (10.4.ga qarang). Amaliyotdan ma’lumki, hamma korxona va tashkilotlar ham rentabelli ishlamaydi, ularni ayrimlari yilni zarar bilan tugatadilar, ya’ni qilgan xarajatlarini qoplay olmaydilar. Shu muammoga bag’ishlangan adabiyotlarda, keyingi paytda yangi termin - rentabellik ostonasi paydo bo’ldi. Rentabellik ostonasi deganda, korxonaning mahsulot sotishdan oladigan daromadining shunday hajmi tushiniladiki, u hajmda korxona zarar ham ko’rmaydi, foyda ham olmadi. Rentabellik ostonasini hisoblash texnologiyasi E.S.Stoyanova tomonidan ishlab chiqilgan Rentabellik ostonasini hisoblash uchun tannarx o’zgaruvchan (ishlab chiqarish hajmiga proportsional ravishda) va o’zgarmas (ma’lum bir darajagacha) xarajatlarga bo’linadi. Bunday klassifikatsiyani biz boshqa maqsad uchun oldinroq taklif qilganmiz. Doimiy xarajatlar Rostonasi = –––––––––––––––––––––––––––– o’zgaruvchan xarajatlar qoplangandan keyingi natija 2.B.V. Zima, X.A.Shadiev. Zagatovki selskoxozyaystvennoy produktsii. M., “Ekonomika”, 1989g. Stoyanova E.S. Finansoviy menejment. Uchebno-prakticheskoe rukovodstvo. M.»Perspektiva», 1993y Misol. Mahsulotni sotishdan olingan tushum 875 mln. so’m, ishlab chiqarish tannarxi – 700 mln. so’m, shu jumladan: o’zgaruvchi xarajatlar - 595, o’zgarmas xarajatlar-105 mln. so’m. Foyda-175 mln. so’m. Marjinal daromad - 280 mln. so’m. O’zgaruvchan xarajatlarni mahsulot sotishdan olingan daromaddagi hissasini aniqlaymiz: 0,68 (595:875) yoki 68%. O’zgaruvchan xarajatlarni qoplashdan keyingi natija (marjinal) teng 280 (875-595) mln. so’m, yoki 0,32 (32%). Bu erdan rentabellik ostonasi teng 328, 125 mln. so’m (105:0,32). Demak, mahsulot sotishdan olingan tushum 328, 125 mln. so’mga etganda korxona ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan xarajatlarni qoplaydi. Keyingi sotilgan har bir tovar birligi foyda keltirishga boshlaydi, agarda sotilsa. Agar, rentabellik ostonasi aniq bo’lsa, xafsiz zona yoki moliyaviy barqarorlikni zaxirasi (MBZ) ko’rsatkichini hisoblash hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi: МБЗ махсулотни сотишдан олинган соф тушум рентабеллик остонаси 100 900 800 700 600 500 400 300 200 махсулотни сотишдан олинган соф тушум (ККС ва акцизлар) 100 0 100 200 300 328 400 500 600 700 800 900 mln. so’m 10.1-rasm. Moliyaviy barqarorlik zaxirasini (xavfsiz zonani) aniqlash Grafikdan (1-rasm) ko’rinib turibdiki, abtsissa o’qida sotilgan mahsulot, ordinata o’qida esa o’zgaruvchan xarajatlar va foyda joylashgan. Sotishdan olingan mablag’ bilan xarajatlar kesishmasi nuqtasi rentabellik ostonasidir. Bu nuqtada daromad va xarajatga teng. Undan yuqori foyda zonasi, quyi - zarar zonasi. Daromad chizig’ining shu nuqtadan to yuqori nuqtagacha bo’lgan bo’lagi (qismi) xavfsiz zona bo’lib hisoblanadi. Rentabellik darajasi hisoblangandan keyin, uni statistik tahlili boshlanadi. Bu masalaga, biz ongli ravishda to’xtalmaymiz, chunki rentabellik darajasini statistik tahlil qilish, qaysi bir darajada muomala xarajatlarining nisbiy darajasini yoki boshqa oldingi mavzularda ko’rib chiqilgan nisbiy ko’rsatkichlar tahliliga o’xshaydi. Bank muassasalarining xarakat (ish) faoliyati hajmi pul oboroti va daromadlar summasi ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Pul oboroti deganda u yoki bu shakldagi pul xarakati operatsiyalarining yig’indisiga tushuniladi. Bank muassasasining daromadlari sotilgan yoki ko’rsatilgan xizmatlarni o’zida ifoda etadi. Bu ko’rsatkich pul oborotiga qaraganda, bankning ish faoliyatini sifat tomonini baholaydi va unda moliyaviy natija o’z ifodasini topadi. Bank daromadi o’ziga quyidagi elementlarni birlashtiradi: olingan foizlar (qisqa, o’rtacha va uzoq muddatli ssudalar bo’yicha o’z va chet el valyutasida; chet el korrespondent schetlari, kafolatli va aktseptlash operatsiyalari bo’yicha, davlat byudjetidan kredit uchun; banklararo kredit uchun va boshqalar); qimmatli qog’ozlar va valyuta operatsiyalari uchun olingan daromadlar; aktsiya va pay bo’yicha devidendlar; valyuta operatsiyasidagi kurslar farqi; mijozlarga ko’rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar; o’tgan yil va yillar uchun olingan foiz va qoplama va h.k. Foyda summasi banklarning oxirgi moliyaviy natijasini xarakterlovchi ko’rsatkich hisoblanadi va daromadlardan xarajatlarni ajratish bilan aniqlaniladi. Bank muassasining xarajatlari summasi o’z ichiga: to’langan foizlar (mijozlarni hisobi, joriy va boshqa schetlari bo’yicha; korxona va tashkilotlarni qo’yilmalari va depozitlar bo’yicha; fuqarolarni qo’yilmalari (omonatlari) bo’yicha; chet el korrespondentlari, tashkilotlari va fuqarolarni chet el valyutasidagi joriy schetlar bo’yicha; boshqa banklardan olingan kredit va davlat sug’urtasi schetlari bo’yicha); chet el valyutasi bo’yicha kurslar farqi; qimmatli qog’ozlar va valyuta bozoridagi xarajatlar; bank ishini va mijozlar bilan ishlash uchun kerak bo’lgan blankalar, lentalar (magnitli), qog’ozlar va boshqa materiallarni tayyorlash va sotib olish xarajatlari; bank hujjatlarini va qiymatlarni tashish xarajatlari; ko’rsatilgan xizmatlar uchun (hisoblash markazlari va kompyuterlar, pochta, telefon, telegraf) to’lovlar; asosiy fondlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari; o’tgan yil yoki yillar uchun to’langan foizlar; mijozlar va banklar tomonidan ko’rsatilgan xizmat to’lovlar va boshqa xarajatlarni oladi. Moliyaviy natijalar statistikasi pul oborotini, daromadlar va xarajatlarni, foyda, rentabellik va pul mablag’lari ko’rsatkichlarini hajmi, tarkibi va dinamikasini o’rganadi, bu hodisalarni rivojlanish tendentsiyasini aniqlaydi. Foyda summasi bank muassasalarining xo’jalik va moliyaviy faoliyatini mutloq samarasini xarakterlaydi. Nisbiy samaradorlik esa, rentabellik ko’rsatkichi yordamida o’rganiladi. Bank muassasalarida rentabellik darajasi foyda summasining ustav fondi va xarajatlarga nisbati bilan o’lchanadi. Birinchi ko’rsatkich bank faoliyatini samaradorligini baholasa, ikkinchi ko’rsatkich esa bank joriy xarajatlarini samaradorligini xarakterlaydi. Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish metodikasini ko’rib chiqamiz (10.5-jadval). Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling