Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet146/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Aktivlar (talablar).

Passivlar (majburiyatlar).

1.Nomoliyaviy aktivlar

3.Moliyaviy majburiyatlar

2.Moliyaviy aktivlar

4.O’ziga tegishli kapitalning sof qiymati (n1+n2-n3)

BMT ning MHT-93 dagi kontseptsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo’yicha mulkiy holatni – boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko’rsatkichlarini solishtirishi natijasida, sof aktivlar– milliy boylikning hajmini o’zgarishi (mutlaq va nisbiy) ni aniqlash imkonini beradi. Makroiqtisodiy statistikada sof aktivlar – milliy boylikni hajmini hisoblashda moliyaviy aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi.


Mamlakatning sof aktivlari – milliy boyligi – mamlakatning mulkiy holati ko’rsatkichi zaxirasida ko’rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromadi ko’rsatkichlari (bular “oqim” ko’rsatkichlari) dan farq qiladi. Zaxirani ko’payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: A1=A0+ih+bs+r
A0, A1 – bunda yil boshi va oxiridagi aktivlarning hajmi (qiymati);
ih - iqtisodiy harakatlar (ishlab chiqarish, sotish –sotib olish, in’om etish) natijasida aktivlar qiymatining o’zgarishi;
bs- aktivlar qiymatini iqtisodiy harakatlarga bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlar tufayli o’zgarishi (foydali qazilmalarning ochilishi, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida);
R – aktivlarning nominal qiymatini inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o’zgarishi.
Barcha sabablarga ko’ra aktivlar qiymatini o’zgarishi (amaldagi baholarda): A

0
= A1-A0; agar aktivlarning fizik hajmini o’zgarishini, ya’ni dinamikasini o’rganmoqchi bo’lsak, unda baho (narx) faktorini ta’sirini e’tiborsiz qoldiramiz.


1

0

1

1
Bunda aktivlar dinamikasi, indeksi IA=A R0 : A ; bunda A R0 =q p
, solishtirma

narxlarda baholangan aktivlarning yil oxiridagi qiymati. Iqtisodiy aktivlarning hajmi dinamikasi va boshqa jihatlarini to’laroq o’rganish uchun statistika amaliyotida birinchi navbatda ular tasniflanadi, ya’ni klassifikatsiya qilinadi. Tasniflashda turli- tuman aktivlarni u yoki bu muhim belgisi – xususiyati, xossasiga binoan oldindan belgilangan guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar BMT ning statistika komissiyasi tomonidan barcha mamlakatlar uchun standart holida tavsiya etiladi (qarang BMT MHT-93 ga). Shunga ko’ra:

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling