Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar
- Moddiy asosiy kapitali
Nomoliyaviy aktivlar – jumlasiga barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyoridagi ma’lum davr mobaynida foydalanish yoki saqlashdan aniq yoxud potentsial iqtisodiy samara keltiruvchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlari kiradi. Ularning tashkil topish jarayoniga qarab ikki guruhga bo’linadi: Ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan.
Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi va uch asosiy elementni, asosiy vositalar (asosiy kapital), moddiy aylanma mablag’lari zaxiradagi va qimmatbaho boyliklarni o’z ichiga oladi. Asosiy kapital mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlari ko’rsatishda ishtirok etuvchi hamda uzoq davr mobaynida foydalanishga mo’ljallangan aktivlarda o’z aksini topadi. Moddiy asosiy kapitali guruhi ishlab chiqarish va yashash binolari, inshootlar, mashina va jihozlar, shuningdek, o’stiriladigan aktivlardan iborat. Milliy boylikning mazkur omiliga uy xo’jaliklari tomonidan oxirgi iste’mol uchun xarid qilingan mashina va jihozlar hisobga olinmaydi. (Masalan: avtomobillar, muzlatgichlar, televizorlar va shunga o’xshash vositalar). Bunday omillar “Uzoq muddatda foydalanishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari” guruhi orqali hisobga olinadi. Biroq, bunday jihozlar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilsa, ular asosiy kapital jumlasiga kiritiladi, o’stiriladigan aktivlar qishloq xo’jaligida moddiy aylanma mablag’lar guruhining bosh omillaridan biri hisoblanadi hamda zotli, mahsuldor, ishchi va boshqa chorva mollari, hosildor bog’lar, mevazorlar, uzoq muddat hosil beruvchi ko’p yillik ko’chatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, asosiy kapital ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlarni ham tashkil qiladi. Bularga foydali qazilmalarni qidirishga ketgan xarajatlar, inson mehnati asosida vujudga kelgan va informatsiya sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar qiymati kiradi. Yuqorida qayd etilgan omillarga EHM lar uchun programma dasturlari, original ijod janrlari, adabiyot va san’at durdonalarini ko’rsatish mumkin. Asosiy kapital milliy boylikning muhim elementi sifatida mamlakat statistikasida hisobga olinadi, hamda ularning tarkibi MHT ning mazkur iqtisodiy toifasida bir qadar muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar tarkibiga kiruvchi ikkinchi element, bu aylanma moddiy mablag’larining zaxirasidir. Joriy yoki o’tgan davrda tayyorlangan va keyinchalik sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotish uchun olingan mollar shular jumlasidandir. Shuningdek, ushbu aktivlar tarkibiga moddiy rezervlar, strategik maqsad uchun mo’ljallangan mahsulotlar, don va shunga o’xshash mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan boshqa mahsulotlar kiradi. Shu bilan birga ishlab chiqarish zahiralari tarkibiga xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, jihozlar, urug’lik, ozuqa va korxona oraliq iste’moli uchun mo’ljallangan, sotishga qaratilmagan boshqa mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish - bu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish boshlangan, biroq nihoyasiga etkazilmagan, ishlab chiqarish yana davom ettirilishi mumkin bo’lgan toifadagi mahsulotlar va xizmatlardir. Tayyor mahsulotlar esa to’liq ishlab chiqarilgan va sotish yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga yuborish uchun mo’ljallangan mahsulotlar hisoblanadi. Shuni ham alohida etiborga olish kerakki, bir xil natural ko’rinishga ega bo’lgan ayrim tovarlar mamlakatning yoki iqtisodning ayrim sohasidagi tegishli asosiy kapitalini hisobga olinayotgan davrdagi foydalanishiga qarab milliy boylikning turli elementlariga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan: ishlab chiqarishda foydalanilayotgan yoki o’rnatish uchun tayyorlangan stanok asosiy kapital tarkibiga kiradi, agar xuddi shu stanok tayyorlovchi korxonaning omborida sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo’lsa, material aylanma mablag’lar zaxiralari tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarilgan material aktivlar umumiy tarkibida qimmatbaho boyliklar alohida o’rin tutadi. Bu turdagi boyliklar qiymat zahiralari sifatida sotib olinadi, saqlanadi va amaliyotda ularni ishlab chiqarish jarayoni yoki iste’mol uchun ishlatiladi. Ushbu ko’rinishdagi milliy boylikning elementlarini egalari ularning real narxi oshishi yoki saqlanib qolishini mo’ljallagan holda sotib oladilar. Qimmatbaho boyliklar toifasiga ishlab chiqarish zahirasi hisoblanmaydigan, yuqori bahoga ega bo’lgan qimmatbaho metall va toshlar, tilla buyumlar, antikvar buyumlar, san’at asarlari va kollektsiyalari kiradi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling