Kimyo sanoati


Download 28.94 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi28.94 Kb.
#1061277
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo sanoati 1


Kimyo sanoati

Kimyo sanoati mamlakat og'ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biridir. Bir tomondan, respublikada neft, gaz, ko'mir sanoatining muntazam o'sib borishi (binobarin, kimyoviy xom ashyo miqyosi va geografiyasining kengayishi), ikkinchi tomondan, xalq xo'jaligining mineral o'g'itlar, har xil ximikatlar, plas­tik massalar, sun'iy tola, sintetik kauchuk, lok-bo'yoq, kislota va ishqorlarga ehtiyoji ortib borishi mazkur sanoat tarmog'ini rivojlantirishga ob'yektiv shart-sharoit yaratgan.

Mamlakat kimyo sanoati shuning uchun ham tabiiy ravishda tez rivojlanib bormoqda. U ayniqsa, yoqilg'i-energetika sanoatining xom ashyosi mo'l bo'lgan regionlarida tez rivojlanmoqda.

Mamlakat kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi, tabiiy gaz, neft, ko'mir, oltingugurt, ozokerit, turli minerallar, ohaktosh, grafit, shuningdek rangli metallurgiya va paxta-kanopni qayta ishlash chiqitlaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi. Respublikamizda osh va kaliy tuzlari, fosforit va soda xom ashyolari, magniy, natriy zahiralari nihoyatda katta. Ularning yirik konlari Tubagatan, Baybichakan, Oqpat, Xo'jaikon, Lalmikon va boshqalardir.

Respublika kimyo sanoatining asosiy mahsuloti mineral o'g'itlardir. Qishlok xo'jaligi uchun o'ta zarur bo'lgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sul'fat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, murakkab azotli va fosforli o'g'itlar Chirchiq elektr-kimyo kombinatida, Farg'ona azotli o'g'itlar va Samarqand kimyo zavodlarida, Navoiy kimyo hamda Olmaliq «Ammofos» birlashmalarida ishlab chiqariladi.

Respublika kimyo sanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln. t. azotli, 1,2-1,3 mln. t. fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mamlakat o'zining mi­neral ug'itlarga bo'lgan ehtiyojini to'la qondiradi va ma'lum qism (o'rtacha yiliga 26-30 mln. AQSH dollariga teng miqdorda) o'g'itni chetga eksport qiladi. Biroq, O'zbekistonda kaliyli o'g'it ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun Qashqadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari negizida Tubagatan kaliy zavodi qurilmoqda.

Kimyo sanoatining gidroliz korxonalari etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Andijon gidroliz zavodi, Farg'ona furan birlashmasi, Yangiyo'l biokimyo zavodlari shunday korxonalardir.

Respublikada rezina mahsulotlari ishlab chiqarish Angrendagi «O'zbekrezinatexnika» birlashmasi, plast­massa mahsulotlari ishlab chiqarish Ohangaron «San-texlit», Jizzax plastmassa quvurlari zavodi, Tosh­kent «Rangli lak» firmasi, Olmaliq va Namangan kimyo zavodlarida amalga oshiriladi. «O'zbekrezinatex­nika» birlashmasi 1992 yildan avtomobil shinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. U 1996 yilda yengil avtomobillar uchun 1,5 million dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlarni ishga tushirdi.

Organik sintez kimyosi ham respublika kimyo sanoatining endi rivojlanib kelayotgan tarmoqlaridan biridir. Uning rivojlanishiga gaz sanoatidagi o'sish ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda- Hozirgi vaqtda bu sohannng yirik korxonasi Navoiy kimyo kombinatidir. Uning tarkibida asetilen, sirka kislotasi, ase­til-sellyuloza, nitron tola ishlab chiqaradigan quvvatlar yaratilgan. Farg'ona va Namangan kimyo zavodlarida asetat ipak, viskoz ipak ishlab chiqarilmoqda. Bu sun'iy tolalardan gazlama, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kimyo sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlari lok-bo'yoq va maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Toshkentdagi kimyo sanoati korxonalari lok-bo'yoq Olmaliq kimyo kombi-nati turli xil kir yuvish vositalari ishlab chiqaradi.

O'zbekiston kimyo sanoati korxona va birlashmalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya, Germaniya va Italiya firmalari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyolardan yangi-yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoat chiqindilarini qayta ishlashni avtomatlashtirish, kimyo sanoatining eksport imkoniyatini kengaytirish, qo'shma korxonalar qurish sohasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qizilqum fosforit kombinati (quvvati 210 mln. tonnalik), Qo'ng'irot kaustik soda zavodi, Tubatagan kaliy o'g'itlar zavodi hamda ko'pgina qo'shma korxonalar jadal sur'atlar bilan qurilmoqda.


Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling