Kimyo sanoati


Qurilish materiallari sanoati


Download 28.94 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi28.94 Kb.
#1061277
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo sanoati 1

Qurilish materiallari sanoati
Mamlakatimiz ko'p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Bu sanoatning xom ashyo resurslari respublikamizning barcha mintaqalarida juda ko'p miqdorda uchraydi. Nometall xom ashyolardan dala shpati, asbest, glauokonit, vollastant, grafit, talk, abrazivlar, gips, sement xom ashyosi, kvars qumlari, betonit gili, g'isht xom ashyosi ko'p. Jumladan, vollastanitning 50 ga yaqin, grafitning 15 dan ortiq, marmarning 20, grafitning 30 dan ortiq konlari topilgan.

Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan to­paz, feruza, tog', xrustalli, yashma, ametisit, xalsedon, nefrit, lazurit, radonit, amazonit, agalmotanitlarning ham yirik-yirik zahiralari mavjud.

Mustaqillik yillarida qurilish materiallari sa­noati ham deyarli qayta qurildi, zamonaviy uskunalar, yangi texnologiya asosida jihozlantirildi. Juda ko'p qo'shma korxonalar paydo bo'ldi. Natijada ko'p miqdorda va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tez o'sib bormoqda.

1998 yilda tarmoq korxonalarida 3286 ming. t. se­ment, 718 mln. dona shartli g'isht, 325,7 mln. shartli taxta asbosement shiferlari, 7623 ming m2 deraza oynalari, 854,6, ming m2 lenolium ishlab chiqarildi.

Qurilish materiallari sanoati o'z ishlab chiqarish xususiyatiga qarab bir qator tarmoqlarga bo'linadi.

Sement sanoati. Mamlakatning Bekobod (1927), Quvasoy (1932), Ohangaron (1947), Navoiy (1977) kabi yirik sanoat korxonalarida sement, tekis va to'lqinsimon shiferlar, asbosement quvurlar, mineral paxta (vata) va undan tayyorlangan buyumlar, sementqum cherepisalari va qurilish sanoatining boshqa mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Toshtaroshlik (toshga sayqal berish) ham qurilish materiallari sanoatida alohida ahamiyat kashf qiladi. Bir tomoni tog'lar bilan tutashib ketgan aksariyat viloyatlarimiz hududlarida toshtaroshlik yaxshi rivojlangan. Sanoatning mazkur turi, ayniqsa, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog'istonda rivojlangan.

Qoplama toshlar zahiralarining ko'pligi va xilma-xilligi, tosh jozibadorligi bo'yicha O'zbekiston ko'pgina MDH davlatlaridan oldinda turadi. Respublikada 30 dan ortiq marmar, granit, travertin (g'ovak ohak-tosh), tuf (g'ovak tog' jinsi) va boshqa tog' jinsi konlari topilgan. Mamlakatimiz tabiiy toshlari zavod va kombinatlarda sayqal berilishi bilan ishlab chiqarishga jo'natiladi. Respublikamizning ko'pgina shaharlarida, shuningdek, Moskva va Kiyev, Novosi­birsk va Bokuda, Bishkek va Dushanba shaharlarida qurilgan arxitektura inshootlarida, metro stansiyalarida G'ozg'on va Nurota marmari, Langar, Sevasoy, Chorkesar graniti, Chust travertini ishlatilgan. 1970 yilda ishga tushgan G'azalkent toshga ishlov berish kombinati (yillik quvvati 150 ming m2 tosh plita), 1976-95 yilda tashkil etilgan Toshkent toshga ishlov berish kombinati (quvvati 88 ming m2), Nukus granit-marmar zavodi (70 ming m2); «Qashqadaryomarmar» (quvvati 25 ming m2) «Samarqandmarmar» (quvvati 22 ming m2) birlashmalari va Surxondaryoda «Konpurtepa» granit kombinati shu tar-moqning yirik korxonalaridir.

Devorbop materiallar, ya'ni pishiq g'isht ishlab chiqarish o'nlab yirik zavodlarda amalga oshiriladi. So'nggi yillarda, ayniqsa, chet el texnologiyasiga asoslangan xususiy g'isht zavodlari ko'plab qurilgan. Kera­mika mahsulotlari Toshkent va Angrendagi yirik kombinatlarda ishlab chiqariladi. Shisha oyna ishlab chiqarishga chuqur ixtisoslashgan sanoat korxonalari «Quvasoyshisha» birlashmasi va G'azalkent shisha oyna zavodidir.

Yog'ochsozlik sanoati ham qurilish industriyasining tarkibiy qismi bo'lib, uning sanoat korxonalari yog'ochsozlik yoki duradgorlik, uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, egarsozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik, o'ymakorlik singari juda ko'p tarmoqlardan tarkib topgan.





Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling