O`zbekistonning kimyo sanoati
Download 1.68 Mb.
|
1462551664 62662
O`zbekistonning kimyo sanoati
Reja:
Kimyo sanoati respublika iqtisodiyotida muhim o`rin egallaydi. Bir tomondan, respublikada neft, gaz, ko`mir sanoatini muntazam o`sib borishi (binobarin, kimyoviy xom ashyo miqyosi va geografiyasining kengayishi), ikkinchi tomondan, xalq xo`jaligini mineral o`g`itlar, har xil kimyoviy vositalar, plastik massalar, sun`iy tola, sintetik kauchuk, lok-bo`yoq, kislota va ishqorlarga ehtiyoji ortib borishi mazkur sanoat tarmog`ini rivojlantirishga ob`yektiv shart-sharoit tayyorlagan.
Shu bois, O`zbekiston kimyo sanoati tez sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. U ayniqsa, yoqilg`i-energetika sanoatining xom ashyosi mo`l bo`lgan mintaqalarda tez rivojlanmoqda. Mamlakat kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi, tabiiy gaz, neft, ko`mir, oltingugurt, ozokerit, turli minerallar, ohaktosh, grafit, shuningdek, rangli metallurgiya va paxta-kanopni qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi. Respublikamizda osh va kaliy tuzlari, fosforit hamda soda xom ashyolari, magniy, natriy zahiralari nihoyatda katta. Ularning yirik konlari Tubagatan, Boybichakon, Oqpat, Xo`jaikon, Lalmikon va boshqalar kelajakda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling