Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs loyiha 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS LOYIHA ISHI Mavzu :. Tabiiy gaz tarkibidan metanni ajratib olish qurilmasi. Asosiy apparatni hisoblash. Quvvati 2.6 mlrd m 3
- “O’zgeoburg’ineftgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi
- “O’ztransgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi
- “O‘zneftmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi
- “O’zneftgazqurilish invest” aktsiyadorlik kompaniyasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI “YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI ” fakulteti “ NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” kafedrasi “ NEFT - GAZNI QAYTA ISHLASH SANOATI KORXONALARI JIHOZLARI, USKUNALARI VA LOYIHALASH ASOSLARI ” fanidan KURS LOYIHA ISHI Mavzu :. Tabiiy gaz tarkibidan metanni ajratib olish qurilmasi. Asosiy apparatni hisoblash. Quvvati 2.6 mlrd m 3 yiliga 24-17 guruh talabasi: Raxmonov N.N ___________ Rahbar: Azamatov O’.R.___________ Toshkent 2021 2 b/g 24-17 Raxmonov N.N. MUNDARIJA: 1.KIRISH 4 2. TEXNIK QISM (adabiy sharh): 9 3. XOM-ASHYO TASNIFI 15 4. TEXNOLOGIK QISM 18 5. HISOBLASH QISMI (moddiy balans, issiqlik balansi) 26 6. XULOSA 31 7. ADABIYOTLAR RO’YXATI 33 3 b/g 24-17 Raxmonov N.N. KIRISH 4 b/g 24-17 Raxmonov N.N. Gaz sanoati - Yoqilg’i - energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog’i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yokilg’i balansidagi hissasi 82,2% ni tashkil etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyatilari yaratildi. (1994 yilda zavodning 4-navbati ishga tushirildi). Yaqin yillarda Shurtanda gaz-kimyo zavodi birinchi maxsulotlarini bera boshladi. Farg’ona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shurtan gaz kompleksida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Yaqin yillar ichida O’zbekiston neft, gaz va gazokondensat qazib olish bo’yicha ko’rinarli o’rinlarni egallaydi. Bu esa Respublikada yuqori sifatli yoqilg’i ishlab chiqarishga va kelgusida kimyo sanoati uchun maxsulotlar yetkazib beradigan xom ashyo bazasini tashkil etishga yordam beradi. O’zbekistonda tabiiy gaz konlari va ularning zaxiralari juda ko’p. Bu esa gaz qazib olinganda chiqadigan (gaz bilan) gazokondensatni ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Shuningdek neftni xam zaxiralari katta. Gazakondensatlarni yuqori sifatli ekanligi - ularni tarkibidagi naften va aromatik uglevodlarni ko’pligi (70 % gacha) va ularda smola- asfaltenli moddalarni deyarli yo’qligi, oltingugurt organik birikmalarni kamligi, gazokondensatlarni polimer sanoati uchun va boshqa kimyoviy maxsulotlar olish uchun qimmat baxo xomashyo ekanligini ko’rsatib turibdi. Neftni qayta ishlash sanoatiga yangi prosesslarni kirib kelishi katalitik kreking, gidrotozalash, gidrokreking rangsiz neft maxsulotlarini ko’plab ishlab chiqarilishiga olib keldi. Xalq xo’jaligini neft maxsulotlariga bo’lgan extiyoji biroz yaxshilandi. O’zbekiston iqtisodining rivojlanishida Yoqilg’i-energetika kompleksining o’rni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, ko’mir va energetika kiradi. Uzbekiston jahondagi o’nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi zavodlarda neft qayta ishlanmoqda, avtobenzin, dizel yoqilg’isi, mazut, neft moylari, bitum, aviakerosin ishlab chiqarilmoqda. Gazni qayta ishlovchi zavodlar esa suyultirilgan gaz va polietilen ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Neft-gaz sanoati sohasida 2014 yilning o’zida 4,2 milliard AQSh dollaridan 5 b/g 24-17 Raxmonov N.N. ziyod investitsiya o’zlashtirildi. Bu prognoz ko’rsatkichlardan 11 foizga ko’pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Xususan, Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan gaz-kimyomajmuasi jahon neft- gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biridir. Janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa zarur mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.Mustaqillik yillariga kelib, 1997 yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fraktsiyaning “Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2.5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda neft va gaz kondensati aralashmasini birlamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Zavodni asosiy xomashyo manbai Ko’kdumaloq konlaridan olinayotgan gazkondensatlari va olinadigan mahsulotlari esa asosan suyultirilgan gaz, yuqori sifatli benzin navlari, kerosin va dizel yoqilg’ilari hisoblanadi. Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m 3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi: Donador polietilen (125 ming. tonn.); suyultirilgan gaz (137 ming tonn.); gazkondensati ( 103 ming.tonn.); donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.). Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO-9001 sifat 6 b/g 24-17 Raxmonov N.N. sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Yevropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari (Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. “O’zbekneftegaz” tizimida 6 ta yirik aktsiyadorlik kompaniyalari faoliyat yuritadi: “O’zgeoburg’ineftgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi (Geologik razvedka ishlarini, neft va gaz burg’ quduqlarini razvedka-burg’ilash va ekspluatatsion burg’ilash ishlarini amalga oshiradi; “O’zneftgazqazibchiqarish” aktsiyadorlik kompaniyasi (Neft va gaz konlarini o’zlashtirish, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, tabiiy gazni qayta ishlash ishlarini amalga oshiradi; “O’ztransgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi (Gaz yetkazib berish va yer ostida saqlash ishlarini, O’zbekiston tabiiy gazini respublika ise’molchilariga yetkazib beruvchi va respublika tashqarisiga eksport qiluvchi, shuningdek chegaradosh davlatlar gazini tranzit qiluvchi ob’ektlarni boshqarish ishlarini amalga oshiradi. O’z faoliyatini yuritish uchun gaz magistral transport tizimi ob’ektlarini qurish va kapital ta’mirlash ishlarini olib boradi. Respublika aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi; “O‘zneftmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi (Respublikadagi Farg’ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari mulkining 100%lik egasi bo’lib, neft va gaz kondensatini qayta ishlaydi, shuningdek neft mahsulotlarini respublika iqtisodiyot tarmoqlari va aholisiga sotadi, neft bazalari, yuk tushirish va ortish terminallari va yoqilg’i quyish stantsiyalari tarmog’iga egalik qiladi, O’zbekiston ichki bozorida neft mahsulotlarini sotish bilan 7 b/g 24-17 Raxmonov N.N. shug’ullanuvchi korxonalar faoliyatini nazorat qiladi; “O’zneftgazqurilish invest” aktsiyadorlik kompaniyasi (Neft va gazni qazib chiqarish, tashish va qayta ishlash ob’ektlarini loyihalash, kapital qurish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshiradi; “O’zneftgazmash” aktsiyadorlik kompaniyasi Neft-gaz va gaz-kimyo komplekslarining korxona va tashkilotlari uchun, shuningdek respublika iqtisodiyotidagi neft va gaz tarmog’i bilan o’zaro bog’langan tarmoqlar ehtiyojlari uchun zarur mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi, neft va gaz tarmog’iga qarashli mashinasozlik zavodlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft va gaz mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti. 8 b/g 24-17 Raxmonov N.N. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling