Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet15/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Asosiy tayanch iboralar


  • Statistik tadqiqot

  • Statistik kuzatish

  • Statistik hisobot

  • Maxsus kuzatishlar

  • Uzluksiz kuzatish

  • Fursatli kuzatish

  • Bir yo’la kuzatish

  • g’ppsasiga kuzatish

  • Qisman kuzatish

  • Anketali kuzatish

  • Tanlanma kuzatish

  • Monografik kuzatish

  • Asosiy massivli kuzatish

  • Bevosita kuzatish

  • Hujjatli kuzatish

  • Savol-javobli kuzatish

    • O’z-o’zini qayd qilish usuli

    • Korrespondentsiya usuli

    • Kuzatish rejasi

    • Kuzatish dasturi

    • Kuzatish ob’ekti

    • Kuzatish birligi

    • Kuzatish formulalari

    • Kuzatish yo’riqnomasi

    • Kuzatish organi

    • Kuzatish vaqti

    • Kuzatish joyi

    • Kuzatishning kritik payti

    • Tasodifiy xato

    • Muntazam xato

    • Reprezentativ xato



Bilimingizni sinab ko’ring.





  1. Statistik tadqiqot statistik kuzatishdan nima bilan farq qiladi?

  2. Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning nima farqi bor?

  3. Statistik kuzatish o’tkazish uchun qanday qoidalar mavjud?

  4. Siz o’z xususiy korxonangizni moliyaviy holatini tahlil qilish uchun korxona balansi va boshqa hisobotlar orqali ma’lumot to’pladingiz. Bu ish statistik kuzatishning qaysi shakliga kiradi?

  5. Maxsus tayyorlangan dastur orqali ma’lumot to’plasak qanaqa statistik kuzatish o’tkazgan bo’lamiz?

  6. Siz nikohdan o’tdingiz, muchalga to’lganda to’liq tibbiyot ko’rigidan o’tdingiz, 40 yoshga kirganda oilangiz bilan tog’ bag’irlarida dam oldingiz. Bu hodisalar statistik kuzatishning qaysi shakli?

  7. Moliya-iqtisod fakultet dekani talabalarning o’qituvchilar to’g’risidagi fikrlarini bilish uchun kurs va guruhlarda «O’qituvchilar talabalar nigohida» so’rovnomani o’tkazdi. Kredit-iqtisod fakultet dekani esa faqat IV kurs talabalari bo’yicha bu ishni bajardi. Fakultet dekanlari statistik kuzatishning qaysi turini qo’lladilar?

  8. Kuzatish ob’ekti va kuzatish birligi teng bo’lishi mumkinmi? Qani misollar keltiringchi?

  9. Kuzatish formulyari va yo’riqnomasi nima uchun kerak? Ularni kim ishlab chiqadi?

  10. Sizni qishlog’ingizda 15 yanvardan 16 yanvarga o’tar kechasi quyidagilar ro’y berdi. Hasan va Husanlar soat 21 dan 56 minut o’tganda tug’ildi, qo’shningiz oilasida Fotima va Zuhralar 00 soatu 10 minutda tug’ildi. Hamqishlog’ingiz Yo’ldosh ota soat 23 dan 59 minut o’tganda olamdan ko’z yumdilar. g’mg’ir xola esa soat ikkidan 15 minut o’tganda dunyodan o’tdilar. Statistik kuzatishning kritik

momenti (fursati) etib 15 dan 16 yanvarga o’tar kechasi soat 2400 qilib belgilangan. Kimlarni aholi ro’yxatiga kiritamiz?

  1. Kuzatish xatolarini qanday aniqlaysiz?

  2. Tasodifiy, muntazam va reprezentativ xatolarning bir-biridan farqi? 13.Nazoratning qanday turlari mavjud.

14.Ro’yxat varaqasida quyidagi javoblar berilgan:

Ismi-sharifi Toshmatov Toshmat


Turar joyi Toshkent shahri
Ma’lumoti Oliy
yoshi To’qqizda
Jinsi Ayol
Millati Fin
Mansabi rektor Nechanchi farzand ikkinchi Akangiz bormi? Bor
Opangiz bomi? Bor va h.k.

Ro’yxat varaqasini to’ldirishda qanday xatoliklarga yo’l quyilgan? U xatolar qanday xatolar deb ataladi?



  1. Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling