Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet12/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Kuzatish formulyari – bu berilgan savollarga olingan javoblar to’ldirilgan hujjat. U ikki xil bo’ladi: a) alohida shakldagi formulyar. Unga tijorat korxonasining yillik hisobotini misol keltirish mumkin. b) ro’yxat shaklidagi formulyar. Unda bitta emas, balki bir nechta hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Yo’riqnoma - bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga to’g’ri, aniq va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko’rsatmalar, tushuntirish va talqinlar to’plami. Yo’riqnomada har savol va unga beriladigan javob turli variantlarda talqin qilinadi. Savollar bo’lmasa ma’lumotlarni qaerdan va kimdan olish, kuzatish ob’ekti
va birligi, kuzatish muddati, kuzatish materiallarini rasmiylashtirish tartibi, topshirish va jo’natish muddati, ko’rsatkichlarni hisoblashni yagona texnologiyasi va boshqa masalalar batafsil yoritiladi.
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa tashkiliy masalalar.
Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni kami- ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar baho beradi.
Kuzatish vaqti va muddati - deganda statistik kuzatish qachon (qaysi vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kuzatish vaqtini tanlash muhim masala. Odatda, aholi ro’yxatini o’tkazish uchun qish payti tanlanadi (oxirgi ya’ni, 1989 yilgi aholi ro’yxati 12-19 yanvar kunlari o’tkazilgan), chunki bu paytda aholini harakati eng pastdir.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling