Tashqi savdo oboroti (TSO) eksport (E) va import (I) yig’indisidan tashkil topadi:
ТСО Э И
Uning hajmi oldi-sotdi bo’ladigan tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdori va ularning narxiga bog’liq. Oborot ikki usulda hisoblanadi: 1) absolyut miqdorda, masalan, shuncha milliard dollarga teng deb olinadi; 2) nisbiy miqdorda, ya’ni u yaratilgan va ishlatiladigan mahsulotlarning shuncha foizini tashkil qiladi deb qaraladi. Mamlakat jahon bozorida qanchalik faol qatnashsa, uning tashqi savdo oboroti shunchalik katta bo’ladi.
ТСО Э − И
Eksport bilan import o’rtasidagi tafovut savdo qoldig’ini ( ТСО ) beradi:
Agar eksport importdan ko’p bo’lsa, u holda tashqi savdo qoldig’i musbat, aksincha, ya’ni eksport importdan kam bo’lsa, u holda savdo qoldig’i manfiy bo’ladi. Keyingi holat tashqi balansining defitsitli, ya’ni taqchilli balans ekanligidan dalolat beradi.
Eksportning oshishi sotuvchi mamlakat YaIMning ko’payishiga, importning ko’payishi esa YaIMning kamayishiga olib keladi. Umuman tovarlar eksporti ularni ishlab chiqarishga nisbatan, tovarlar importi esa ularni iste’mol etishga nisbatan tezroq o’sib borishi lozim. Iqtisodiyotda ana shunday qoida bor.
Eksport va import o’rtasidagi nisbatlarni turli yondashuvlarda statistik tahlil qilish maqsadida quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi (17.2-jadval).
17.2-jadval
Tashqi savdo oboroti elastikligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Do'stlaringiz bilan baham: |