Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet5/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular, reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.

  • Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi.

    Yana bir masala. Statistika bitta fanmi yoki bir nechta fanmi.?, degan savol tug’iladi. Aslida statistika bitta fan, lekin bir qancha tarmoqlari (sotsial, makroiqtisodiy va h.k) mavjud.
    Statistikaning umumiy nazariyasi ommaviy hodisalarni statistik o’rganishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shug’ullanadi. Makroiqtisodiy statistika mamlakatda ro’y berayotgan makroiqtisodiy o’zgarishlarning miqdoriy tomonlarini o’rgansa, mikroiqtisodiy statistika – firma va korxonalar darajasidagi hodisalarning miqdoriy tomonlarini o’rganadi.
    Har qanday fan o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi.
    Statistika hamma fanlar singari dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi.
    Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelish uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to’plashimiz, ikkinchidan, to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko’rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to’liq bajarsak, o’rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ob’ektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo’linadi.
    Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli umulashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika ko’rsatkichlarini tahlil qilish balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari.
    Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas ravishda olib borilishini taqozo etadi.

      1. Download 1.34 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling