Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat falulteti 70112201 – jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi magistranti shamsitdinova maxliyo faxritdin qizining
Download 61.34 Kb.
|
Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- « UMUMTA’LIM MAKTABI 11-13 YOSHLI BASKETBOLCHILARNI CHAQQONLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USLUBLARI » MAVZUSIDAGI MAGISTRLK DISSERTATSIYASIGA ILMIY RAHBAR XULOSASI
- Ilmiy rahbar b.f.f.d,(PhD) dotsent: Sh.O.Rustamova
Taqrizchi: ________ _________________
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAt FALULTETI 70112201 – JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHGʻULOTLARI NAZARIYASI VA METODIKASI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI SHAMSITDINOVA MAXLIYO FAXRITDIN QIZINING « UMUMTA’LIM MAKTABI 11-13 YOSHLI BASKETBOLCHILARNI CHAQQONLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USLUBLARI » MAVZUSIDAGI MAGISTRLK DISSERTATSIYASIGA ILMIY RAHBAR XULOSASI Talabgor, Namangan Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistranti Shamsitdinova Maxliyo Faxritdin qizining tomonidan «Umumta’lim maktabi 11-13 yoshli basketbolchilarni chaqqonlik sifatini rivojlantirish uslublari » mavzusidagi dissertatsiyasini magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi dolzarb muammolardan biriga bag’ishlangan. Soʻnggi yillarda oʻtkazilib kelinayotgan nufuzli sport musobaqalarida, jumladan Olimpiada va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari hamda qator an’anaviy xalqaro turnirlarda sport natijalarining uzluksiz oʻsib borishi, raqobatni yanada keskinlashishiga olib kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida mashgʻulotlarda qoʻllaniladigan vosita va usullarni yangilash, raqobatbardoshligini oshirish, yosh sportchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga doir ishlarni keng miqyosda amalga oshirishni talab qiladi. Bunday vazifalani hal etishda «basketbolchilarni hujum va himoyadagi taktik harakatlarini rivojlantirish metodikasi» ilmiy asoslash va unga doir kerakli vositalarni aniqlash zarur. Bu maqsadlarni amalga oshirishda basketbolchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish sport to`garagi qatnashchilariga qiziqarli bo`lishi, umumiy va maxsus jismoniyt tayyorgarligiga yordamchi sifatida mashg`ulot asosiy qismidagi vazifalardan kelib chiqib, turli taktik usullardan foydalanishning imkoniyatlari juda katta va bunday yondashuvni joriy etish yosh sportchilarining tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin Mazkur dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5924-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5148-sonli Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Ushbu dissertatsiya ishi kirish qismidan, 3 ta bob, iborat bo’lib, unda 8 ta jadval, 2 ta diagramma, xulosa, amaliy tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan bo’lib, belgilangan tartib asosida rasmiylashtirilgan. Dissertatsiyaning hajmi 71 betni tashkil etadi. Ishning Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, dissertatsiyaning mavzusi bo’yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi va muammoning o’rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek ob’ekti, predmeti aniqlangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar keltirigan. Dissertatsiyaning birinchi bobida mavzuga oid ilmiy uslubiy adabiyotlarni o’rganish va taxlil qilish, mutaxassis va etakchi olimlarning fikrlari o’rganilgan va qiyosiy taxlil qilingan. Dissertatsiyaning ikkinchi bobida tadqiqotlar oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalda sinovdan o’tkazish bo’yicha tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qo’llanilgan ilmiy-tadqiqot usullari hamda majmuali aylanma uslublarni qo’llanilishi va tadqiqotlarni tashkil qilinishi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning uchunchi bobida o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, sport to`garak mashgulotlarini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha taklif qilingan metodikalarini samaradorligini ilmiy asoslab berishga harakat qilgan. Bundan tashqari dessertatsiya ishi xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar bilan yakunlangan. Shamsitdinova Maxliyo Faxritdin qizining tomonidan « Umumta’lim maktabi 11-13 yoshli basketbolchilarni chaqqonlik sifatini rivojlantirish uslublari »mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi. Dissertatsiya ishi tushunarli tilda bayon etilganligini inobatga olib, ishni tugallangan deb hisoblayman va himoyadan oʻtish uchun tavsiya etaman. Ilmiy rahbar b.f.f.d,(PhD) dotsent: Sh.O.Rustamova Download 61.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling