Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat falulteti 70112201 – jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi magistranti shamsitdinova maxliyo faxritdin qizining
NamDU Jismoniy madaniyat fakulteti
Download 61.34 Kb.
|
Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAMSITDINOVA MAXLIYO FAXRITDIN QIZINING « UMUMTA’LIM MAKTABI 11-13 YOSHLI BASKETBOLCHILARNI CHAQQONLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USLUBLARI » MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA
NamDU Jismoniy madaniyat fakulteti
Sport faoliyati kafedrasi dotsenti: _______ S.Mirzayev NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAt FALULTETI 70112201 – JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHGʻULOTLARI NAZARIYASI VA METODIKASI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI SHAMSITDINOVA MAXLIYO FAXRITDIN QIZINING « UMUMTA’LIM MAKTABI 11-13 YOSHLI BASKETBOLCHILARNI CHAQQONLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH USLUBLARI » MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA TAQRIZ Mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan islohatlarning zamirida oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sogʻlom baquvvat qilib tarbiyalash bilan birgalaikda sportning ommaviyligini oshirish va aholining turli qatlamlari otasida uni rivojlantirishdan iborat Bu borada jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri “Sport oʻyinlari va uning turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, har bir mahallada mahsus mahdinlar tashkil qilish, rivojlantirish dasturlariga kiritish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish” masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5924-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5148-sonli Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Dissertant tadqiqotni tashkil qilish asosida dasturlashtirilgan mashg‘ulotlar tamoyillariga asoslangan, sportchilarining jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi xususiyatlarini aniqlash, asosiy vositalarni qo‘llash tarkibi dasturlashtirilgan mashg‘ulotlar usuli asosida basketbolchilarining jismoniy tayyorgarlik usullarini ishlab chiqish kabi ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy qilgan Ushbu dissertatsiya ishi kirish qismidan, 3 ta bob iborat bo’lib, unda 8 ta jadval, 2 ta diagramma, xulosa, amaliy tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan bo’lib, belgilangan tartib asosida rasmiylashtirilgan. Dissertatsiyaning hajmi 71 betni tashkil etadi. Dissertatsiyaning Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, dissertatsiyaning mavzusi bo’yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi va muammoning o’rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek ob’ekti, predmeti aniqlangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar keltirigan. Dissertant ishning birinchi bobida mavzuga oid ilmiy uslubiy adabiyotlarni o’rganish va taxlil qilish, mutaxassis va etakchi olimlarning fikrlari o’rganilgan va qiyosiy taxlil qilingan. Dissertatsiyaning ikkinchi bobida tadqiqotlar oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalda sinovdan o’tkazish bo’yicha tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qo’llanilgan ilmiy-tadqiqot uslublari va tadqiqotlarni tashkil qilinishi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning uchunchi bobida o’tkazilgan tadqiqot natijalari va basketbol bo`yicha mashgulotlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish boʻyicha taklif qilingan metodikalarini samaradorligini ilmiy asoslab berishga harakat qilgan. Bundan tashqari dessertatsiya ishi xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar bilan yakunlangan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tajriba guruhida shug’ullangan basketbolchilarning mashg‘ulotlarini tashkil qilishda yangi innavatsion usullardan foydalanish va uning samaradorligini oshirish, mashgʻulotlarda yuklamalarni me’yorlash boʻyicha muallif tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyat samarali ekanligini tasdiqlaydi. Umumta’lim maktabi 11-13 yoshli basketbolchilarni chaqqonlik sifatini rivojlantirish uslublari » aniqlashdan so’ng olib borilgan mashg`ulotlar murabbiylar uchun tavsiya etishga asos boʻla oladi. 70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistranti Shamsitdinova Maxliyo Faxritdin qizining tomonidan « Umumta’lim maktabi 11-13 yoshli basketbolchilarni chaqqonlik sifatini rivojlantirish uslublari » mavzusidagi dissertatsiya ishi magistr akademik darajasini olish uchun magistlarning dissertatsiya ishini tayyorlash va rasmiylashtirish Nizomda belgilangan talablarga javob beradi. Talabgor Shamsitdinova Maxliyo tomonidan tayyorlangan ushbu dissertatsiya ishini asosiy himoyaga tavsiya etaman. Download 61.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling