Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi analitik kimyo


Uchinchi analitik guruh kationlarining umumiy xarakteristikasi


Download 162.09 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi162.09 Kb.
#1415158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Gullola

1.3.Uchinchi analitik guruh kationlarining umumiy xarakteristikasi

Uchinchi analitik guruh kationlariga Al3+, Cr3+, Fe2+, Fe3+, Zn2+, Ni2+, Co2+, Mn2+ ionlari kiradi. Bu guruh birinchi va ikkinchi guruh kationlaridan tegishli sulfidlarining suvda erimasligi bilan farq qiladi. Lekin ularning sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi. Uchinchi guruhning to’rtinchi va beshinchi guruh kationlaridan farqi ham shunda. Shuning uchin ham uchinchi guruh kationlari guruh reagenti (NH4)2S ta’sirida ammoniyli bufer NH4OH+NH4Cl aralashma ishtirikoda pH=9 bo’lganda cho’ktiriladi.

Ammoniy sulfid tegishli sharoitda uchinchi guruh kationlarining ko’pchiligini sulfidlar- F2S3 MnS , FeS , ZnS, NiS. CoS holida cho’ktiradi. Al3+ va Cr3+ ionlarining gidroksidlari kam eriydigan bo’ganligi uchun, ular (NH4)2S ta’sirida gidroksidlar holida cho’kadi. Sulfidlar holida cho’kadigan uchinchi analitik guruh kationlari elementlar davriy sistemasining IV katta davr o’rtalarida joylashgan, ya’ni bu kationlar atomlarining uchinchi elektron qavatlari 8 dan 18 elektrongacha to’lib boradigan elemntlarga tegishlidir, (Zn2+ ioni bundan mustasno). Uchinchi analitik guruhi kationlarini hosil qiluvchi elementlarning davriy sistemasidagi o’rni analiz uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan va uchinchi guruhni birinchi va ikkinchi analitik guruhdan ajratib turadigan bir qator xususiyatlarga sabab bo’ladi. Bu xususiyatlardan asosiylari bilan tanishib chiqamiz.

Davriy sistemaning yuqori guruh elementlari, xrom (IV), marganes (VII), temir, kobalt, nikel (VIII) tugallanmagan 18 elektronli electron qavatiga ega bo’lib, bir necha oksidlanish bosqichlariga ega va binobarin, ular hosil qiladigan ionlar eritmalarida turli zaryadlarda bo’lishi mumkin.

Ma’lumki, har xil zaryadli ionlar turli reaksiyalar beradi. Lekin bu ionlarning hammasi ham yetarli darajada barqaror emas. Masalan, Mn2+ va Cr3+ ionlari ancha barqaror va tahlil sharoitda osongina Mn2+ va Cr3+ ga aniqlanadi. Aksincha temirning ikkala kationi Fe2+ va Fe3+ lar ancha barqaror.


Download 162.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling