Shunday qilib, biz Al3+ , Cr3+, Fe3+, Fe2+, Mn2+, Zn2+, Co2+ va Ni2+ kationlarini o’rganamiz. Demak, biz uchinchi guruh kationlarining reaksiyalarinini o’rganishda ayrim reaksiyalarga xalal beruvchi ionlarni niqoblash uchun kompleks hosil qilish usulidan ham foydalanamiz. Uchinch analitik guruh kationlariga xos bo’lgan xususiy reaksiyalar 3-jadvalda berilgan. GURUH REAGENTINING TA’SIRI Uchinchi guruh kationlari ammoniyli (NH4Cl+ NH4OH) buffer aralashma ishtirokida pH=9 bo’lganda, 60-900 C gacha qizdirib turib guruh reagenti ammoniy sulfid (NH4)2S ta’sirida cho’ktiriladi. Uchinchi guruh kationlaridan Al3+ va Cr3+ gidroksid holida, qolganlari esa sulfidlar holida cho’kmaga tushadi Birinchi va ikkinchi guruh kationlari ortiqcha (NH4)2S va boshqa ammoniy birikmalari bilan birga eritmada qoladi. Guruh reagentining ayrim kationlarga ta’sirini ko’rib chiqaylik. Probirkalarga temir (II), temir (III), marganes, rux, nikel va kobalt tuzlari eritmasidan 2 tomchidan soling va ularga 2-3 tomchidan NH4OH, NH4Cl va (NH4)2S eritmalaridan qo’shing. Bunda ularning sulfidlari cho’kmaga tushadi. Fe2+ + S2- =FeS 2Fe3+ + 3S2- =Fe2S Mn2+ + S2- = MnS Zn2+ + S2- = ZnS Co2- + S2- = CoS Ni2+ + S2- = NiS FeS, Fe2S3, CoS va NiS cho’kmalari qora rangli, MnS esa sarg’ish-badan rang va ZnS oq rangli, NiS va CoS dan tashqari uchinchi guruhning hamma sulfidlari suyultirilgan HCl va H2SO4 da erib, gaz holatdagi H2S ajratib chiqaradi FeS+ 2HCl= FeCl2+ H2S FeS + 2H+= Fe2+ + H2S Fe2S3 eriganda Fe3+ ioni ajralib chiqayotgan vodorod sulfid ta’sirida Fe2+ ioniga qaytariladi, bunda oltingugurtning oq loyqasi hosil bo’ladi. Fe2S3+ 4HCl= 2FeCl2+↓S+ 2H2S Fe2S3 + 4H+= 2Fe2+ + ↓S +2H2S NiS va CoS larni faqat kislota bilangina emas, balki oksidlovchi ta’sir ettirib eritish mumkin. Masalan vodorod peroksid ta’sirida qizdirib turib eritish mumkin. NiS+2HCl+H2O2NiCl2+2H2O2+S
Do'stlaringiz bilan baham: |