Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi «tasdiqlayman»


Download 52,97 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi52,97 Kb.
#144448
Bog'liq
Zoo ID


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

KIMYO KAFEDRASI




«TASDIQLAYMAN»




NamDU O'quv ishlari boyicha prorektor:




___________________ dots. M.Esanov




«___» ___________ 2018 yil







ANALITIK, FIZIK-KOLLOID VA GIDROKIMYO

Fanining
ISHCHI O’QUV DASTUR

2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun
Bilim sohasi: 400000–Qishloq va suv xo’jaligi

Ta’lim sohasi: 410000–Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

Bakalavriat yonalishi: 5410600–Zootexniya(baliqchilik)

Namangan-2019

Fаnning ishchi o’quv dаsturi O’zbekistоn Respublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirining 2019 yil -аvgustdаgi -sоnli buyrug’i bilаn tаsdiqlаngаn nаmunаviy fаn dаsturi аsоsidа tuzilgаn.



Tuzuvchi: A.Abdulhayev



Fаnning ishchi o’quv dаsturi __________ kаfedrаsining 2019 yil __- аvgustdаgi 1–sоnli yig’ilishidа muhоkаmаdаn o’tgаn vа fаkultet Kengаshidа ko’rib chiqish uchun tаvsiya etilgаn.

Kаfedrа mudiri: k.f.d. (PhD) D.Xolmatov



Ishchi o’quv dаstur __________ fаkultetining 2019 yil __-аvgustdаgi 1-sоnli Kengаshidа ko’rib chiqilgаn vа fоydаlаnishgа tаvsiya etilgаn.

Fаkultet Kengаshi rаisi: A.Nazarov

Kelishildi:

O’quv- uslubiy bоshqаrmа bоshlig’i: D.B.Dexqonov

O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Qishloq xo’jalikning o’sib borayotgan ishlab chiqarish talablariga to’liq mos keluvchi mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirishda, ulardagi amaliy ko’nikmalarni shakllantirishda kimyoviy fanlarning o’rni beqiyos. Ushbu fanlar tarkibiy qisimlaridan analitik, fizkolloid, va gidrokimyo fanining mohiyatini tushinishda muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy o’g’itlar, zaxarli va dorivor preparatlar qishloq xo’jalik amaliyotida keng foydalaniladi. Chorva mollari uchun ratsion tizimda qo’llaniladigan har bir komponentning kimyoviy tarkibini o’rganishda, kasallik tashxisini qo’yishda, qon tarkibini tahlil etish kabilar mutaxassisda zaruriy kimyoviy bilim va ko’nikma bo’lishini taqoza etadi. “Analitik, fizkolloid va gidrokimyo” fani o’quv rejaning matematik, va tabiiy ilmiy fanlar blokiga kiritilgan bo’lib, 1-bosqichning 1- semestrlarida o’qitiladi

Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talaba o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Biofizika va radiobiologiya”, “Ginetika”, “Hayvonlar anatomiyasi”, “Zoologiya va ekologiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika”, “Matematik statistika” fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.

O’quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishdan maqsad“Analitik, fizkolloid va gidrokimyo” fanining asosiy maqsadi baliqchilik mutaxassisligi talabalarining bilim darajasini kengaytirishga mo’ljallangan. Kimyo sanoatini tez rivojlanishi jamiyatning moddiy texnik bazasini yaratishga muhim shartlardan biri ekanligini nazarda tutib, fan yutuqlaridan xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligini ratsional ravishda kimyolashtirish dolzarb masalalarni o‘rgatishdan hamda hozirgi davr talablariga va zamon kutayotgan chorvachilik masalalariga javob bera oladigan mutaxassis tayyorlashdan iborat.

Fanning vazifasi- anilitik, fizkolloid va gidrokimyo fanining hozirgi zamon yutuqlari bilan tanishtirish, asosiy kimyoviy jarayonlar va kimyoviy moddalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati to’g’risida tushuncha berish, zamonaviy fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy analiz usullarini o’rgatish, tirik organizmda kechadigan kimyoviy jarayonlarining nazariy asoslarini o‘rgatish.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyiladigan talablar

Ichimlik va oqova suvlarni tarkibini nazorat-tahlil qilishda qo‘llash, qishloq xo’jalik hayvonlaridan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytirish, uni tannarxini pasaytirish to’grisida tasavvurga ega bo’lish.

Analitik, fizik kolloid va gidrokimya fani nazariy asoslarini, kimyoviy qonunlar, tushunchalar, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi.

Talaba biokimyoviy va gidrokimyoviy hodisa va jarayonlrini tahlil qilish usullsrini qo’llash gidrikimyiviy muommolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

I semestrda 180 soat, haftasiga 6 soatdan, 48 soat ma’ruza, 60 soat laboratoriya mashg’uloti ajratilgan, 72 soat mustaqil ta’lim.


Semestrlar bo'yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti.

Semestrlar


Yuklama


Auditoriya mashg'ulotlari turi bo'yicha o’quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta'lim

Jami

Ma'ruza

Laboratoriya mashg’ulot

Isemestr

180

108

48

60

72

Jami

180

108

48

60

72


Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va ularga ajratilgan soatlar


Ma’ruza mavzulari


Soati


1

Kirish. Analitik kimyo fani va uning vazifasi

Analitik kimyo fanining paydo bolishi uning metodi. Analitik kimyoda qo’llaniladigan reaksiyalar. Fanning tabiiy va chorvachilik fanlari bilan o‘zaro bog’liqligi.

2


2

Analitik kimyoning uslublari va ionli tenglamalar


Analitik kimyo fanining qishloq xo’jalik fanlari bilan bog’liqligi va qo’llanilishi. Sifat tahlil usullari. Mikro, yarimmikro, makro va ultra mikrometodlar. Sifat tahlilida ishlatiladigan idishlar va asboblar.Analitik reaksiyalarning o’tkazish usullari, sezgirligi va yo’nalganligi.


2


3

Katoinlarning analitik guruhlarga bo‘linishi.Kationlarning birinchi analitik guruhiga umumiy tavsif


Katoinlarning analitik guruxlarga bo‘linishi.Kationlarning birinchi analitik guruxiga umumiy tavsif va xususiy reaksiyalari. Kimyoviy muvozanat. Bufer eritmalar. Birinchi analitik guruh kationlarining biologik ahamiyati.


2


4

Kationlarning ikkinchi analitik guruhi

Kationlarning ikkinchi analitik guruhi. Eruvchanlik ko‘paytmasi. Cho‘kmalarning hosil bo’lishi va uning erishi bilan EYUK orasidagi bog‘lanish. Cho‘kmalarning hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar. Kationlarning ikkinchi analitik guruhiga umumiy tavsif. Guruh reagentini ta’siri. Ikkinchi guruh kationlarining xususiy reaksiyalari va biologik ahamiyati.

2


5

Kationlarning uchunchi analitik guruhining nazariy asoslari.


Kationlarning uchunchi analitik guruhi. Tuzlarning gidrolizi, sifat tahlildagi roli va qo‘llanilishi. Amfoterlikni kationlarning aniqlashda qo‘llanilishi.Oksidlanish-qaytirilish reaksiyalari. Qo‘sh va kompleks tuzlarning hosil bo‘lishini tahlildagi roli.


2


6

Kationlarning uchinchi analitik guruhiga umumiy tasnif va guruh reagentining ta’siri

Kationlarning uchinchi analitik guruhiga umumiy tavsif va birikmalarining biologik ahamiyati. Guruh reagentining ta’siri,xususiyreaksiyalari va sistematik tahlili.



7

Kationlarning to‘rtinchi analitik guruhi. Guruh reagentining ta’siri


Kationlarning to‘rtinchi analitik guruhiga tasnif va biologik ahamiyati. Kompleks birikmalarning xossalari, kompleks hosil qiluvchi ionlarini aniqlashda, va niqoblashda ishlatilishi. Guruh reagentining ta’siri va sistematik tahlili.


2


8

Kationlarning beshinchi analitik guruhi. Guruh reagentining ta’siri

Kationlarning beshinchi analitik guruhiga umumiy tavsif va biologik ahamiyati. Guruh reagentining ta’siri. Tio- va sulfo- birikmalarini hosil bo‘lishi, ularning xossalari.Beshinchi guruh kationlarining sistematik tahlili.


2


9

Anionlarning sinflarga bo‘linishi. Anionlarning I-III analitik guruhi

Anionlarning umumiy tasnifi, ularni guruhchalarga bo‘linishi. Anionlarning I-III-analitik guruhi va birikmalarining biologik ahamiyati. Ularga guruh reagentining ta’siri. I-III guruhlar anionlarini sistematik tahlili

2


10

Miqdoriy tahlilning tortma va hajmiy metodlari

Miqdoriy tahlilning mohiyati. Kimyoviy, fizika-kimyoviy, fizikaviy tahlil usullari. Tortma vahajmiy tahlilning nazariy asoslari. Standart, ishchi eritmalar. Titrlash jarayonida ekvivalent nuqtani topish. Indikatorlar. Neytrallanish usulining mohiyati. Eritmaning normalligi va titrini aniqlashdagi hisoblashlar.

2


11

Fizik kimyoning predmeti va vazifasi. Moddaning agregat holatlari


Fizik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi. Bu fanning xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligidagi roli va ahamiyati. Moddaning gaz, suyuq, qattiq va plazma holatlari. Biologik jarayonlarni amalga oshishida agregat holatlarning roli.


2


12

Kimyoviy termodinamika. Eritmalar termodinamikasi

Kimyoviy termodinamika. Energiya va uning turlari. Termodinamikaning I-qonuni. Termokimyo. Gess qonuni va uning ahamiyati. Termodinamikaning II-qonuni. Entropiya. Erkin va bog‘langan energiya. Termodinamikaning III- qonuni.Suyultirilgan noelektrolit eritmalarning xossalari: eritmalarningbug‘ bosimi, eritmalarning muzlash va qaynash temperaturasi, osmos hodisasi va osmotik bosim. Izotonik koeffitsient. Osmotik bosimni organizmdagi roli.


2

13

Sorbsiya jarayonlari

Sorbsiya hodisalari.Adsorbsiya, absorbsiya, desorbsiya. Fizikaviy, kimyoviy yutilish hodisalari. Suyuqliklar sirtidagi, ikki suyuqlik chegarasidagi va qattiqjismlar sirtidagiadsorbsiya. Freyndlix, Lengmyur va Gibbs tenglamalari. Ion almashinish adsorbsiyasi.M.S.Svetning xromotografik tahlil usuli. Uni aminokislotalar va boshqa moddalarni tahlilida qo‘llanilishi.

2

14

Kimyoviy kinetika Kimyoviy muvozanat. Biokatalizatorlar


Reaksiya tezligi. Gomogen va geterogen reaksiyalar. Massalar ta’sir etish qonuni.Reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri.Arreniusning aktiv to‘qnashuvlar nazariyasi. Reaksiya tezligiga katalizatorning ta’siri. Kataliz turlari. Fermentlar-katalizator sifatida. Kimyoviy muvozanat holati va uning siljishi.Massalar ta’sir etish qonunini elektrolitlar eritmasiga tadbiqi.Muvozanat konstantasi.Suvning elektrolitik dissotsilanishi.Vodorod ko’rsatkich. Eritmalar pH ni kolorimetrik usulda aniqlash. Tirik organizmlardagi jarayonlarda pH ning ahamiyati.


2

15

Kolloid kimyo.Kolloid eritmalar haqida tushuncha va ularni sinflanishi

Kolloid eritmalar haqida umumiy tushuncha va ularni sinflarga bo’linishi.Tabiiy kolloid eritmalar, ulardan foydalanish va ularning turlari haqida. Tirik organizmda sodir bo’ladigan jarayonlarni kolloid eritma muhitida sodir bo’lishi.

2


16

Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi, molekulyar-kinetik, optik va elektr xossalari

Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi. Dispergatsiya, kondensatsiya, peptizatsiya usullari. Kolloid eritmalarni tozalash usullari: dializ va elektrodializ, ultrafiltrlash.Ulardan amaliyotda foydalanish. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqidagi mitsellyar nazariya.Kolloid sistemalarning optik xossalari. Faradey - Tindal effekti, undan ultramikroskopda, nefelometrda, elektron mikroskopda foydalanilishi. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari, sedimentatsion muvozanat, Donnaning membrana muvozanati. Kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalari. Elektroosmos va elektroforez, ulardan amaliyotda foydalanish.


2


17

Kolloid eritmalarning barqarorligi va koagulyasiya

Kolloid eritmalarning barqarorligi va kolloid sistemalar holatining o‘zgarishi. Koagulyasiya. Elektrolitlar ta’siridan koagulyasiya mexanizmi. Shulse-Gardi qoidasi. Oqsillar va ularning xossalari. Yuqori molekulyar birikmalar. Gellar va iviqlarning xossalari. Davolash jarayonida kolloid eritmalarning barqarorligi va koagulyatsiyasini inobatga olishni zarur ekanligi.

2


18

Bioorganik kimyo. Bir, ikki va ko‘p asosli oksi- va oksokislotlar

Bir, ikki va ko‘p asosli oksi- va oksokislotalar asosiy vakillari sut, olma, oksimoy, limon, vino kislotalari va ularning ahamiyati. Ular asosida boradigan biologic jarayonlar. Sut kislotasining hosil bo‘lishi va pirouzum kislotasiga aylanishi. Olma va limon kislotalarini hosil bo‘lishi. Bu jarayonlarning biologik ahamiyati. Vino kislotasi, segnet tuzi. Feling suyuqligi, ularning veterinariyadagi ahamiyati. Salitsil kislota va uning xossalari, ahamiyati. Oksidlovchi va gall kislotalari. Oshlovchi moddalar.

2


19

Lipidlarni sinflanishi, tuzilishi va vazifasi. Mono-di- va polisaxaridlar

Yog’ va moylarning o’simlik, hayvon organizmidagi roli. Yog’larning gidrolizi va gidrogenlanishidan hosil bo’ladigan moddalar. Qattiq va suyuq moylar. Yog’lar tarkibidagi to’yingan va to’yinmagan kislotalar. Mumlar, letsitin va ularning biologik ahamiyati. Lipidlar. Murakkab lipidlar tuzilishi. Hayvan organizmidagi ahamiyati. Uglevodlar. Uglevod saqlovchi tabiiy mahsulotlar. Oddiy uglevodlar-monosaxaridlar, ularning sinflanishi. Aldozalar va ketozalar. Pentozalar: riboza, 2-dizoksiribozaning tuzilishi. Geksozalar: glyukoza, fruktozaning tuzilishi, tabiatda uchrashi va ahamiyati. Xeuors perspektiv formulalari. Disaxaridalar. Maltoza, saxaroza, laktoza, sellobioza tarkibi, ularning tabiiy manbalari. Polisaxaridlar.

2


20

Azot saqlovchi organik birikmalarning muhim sinflari.Aminokislotalar va oqsillar. Geterosiklik birikmalar va nuklein kislotalar

α-Aminokislotalar, sinflanishi, xususiy va sifatiy reaksiyalari. Ularning muhim vakillari. Peptid va oqsillarni tirik organizmdagi ahamiyati, funksiyalari. Sun’iy ozuqa muammolari. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishi, biologic faolligini ularga bog’liqligi. Geterosiklik organik birikmalar. Pirrol, piridin, pirimidin va purin asoslari, ularning tabiatda uchrashi, tuzilishi, porfirinlar va nuklein kislotalar hosil qilishdagi roli. Nuklein kislotalar haqida umumiy tushuncha. Ularning tuzilishi. Nukleozid, nukleotid, mono-, di-, trinukleotidlar. RNK, DNK va ularning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilmalari. i-RNK, t-RNK, r-RNK ning tuzilishi xossalari, funksiyalari.

2


21

Gidrokimyo.Suv va suv kimyosi


Tabiatda suv, suvning hosil bo’lishi, suvning fizik kimyoviy va biologik xossalari, agregat holatlari, suvning turlari, qo’llanilishi, atmosferada suvni paydo bo’lishi, suvning izotop modifikasiyasi. Tabiiy suvlarning umumiy kimyoviy tarkibi, Suv kimyosi.


2


22

Suvlarning klassifikatsiyasi va mikrobiologiyasi

Suvlarning turli klassifikatsiyalari, Suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha klassikatsiyalanishi, Suvlarning mineralizatsiyasi bo‘yicha klassikatsiyalanishi, Mikrobiologiyaning rivojlanish tarixi, Turli guruh mikroorganizmlarining umumiy tavsifi, Bakteriyalar. Ularning morfologik turlari.

2


23

Tabiiy suv havzalaridagi kimyoviy jarayonlar

Tabiiy suv havzalaridagi jarayonlar haqida umumiy ma’lumot, Tabiiy suv havzalarining oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, Suvdagi biogen elementlar, Kimyoviy jarayonlarda suv o‘tlari va bakteriyalarning ishtiroki.

2


24

Suv va suv havzalarining ifloslanishi hamda tozalash usullari Suvning sanitary kimyoviy xossalari

Suvning ifloslanishi, Ifloslangan suvni tozalash usullari, Suv havzalarini ifloslanish turlari, suv havzalarini ifloslantiruvchi manbalar, biologik mexanik, fizik va kimyoviy ifloslanish, Turli darajada ifloslangan suvlarning fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari, Ifloslangan suvlarni tozalashda biotexnologik usullardan foydalanish imkoniyatlari, biotexnologik usulda tozalashning ifloslangan suv ko`rsatkichlarining o`zgarishiga ta`siri.

2




Jami

48



Laboratoriya mashg’ulotlari taqsimoti




Mavzular

Qisqаchа mаzmuni

Soati



“Analitik, fizik-kolloid va gidrokimyo” laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar va xavfsizlik texnika qoidalari bilan tanishish.

Analitik, fizik-kolloid va gidrokimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar va xavfsizlik texnika qoidalari bilan tanishish

2



Analitik kimyo predmeti va analitik reaksiyalar

Analitik reaksiyalar turlarini aniqlash

2



Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishi.Birinchi analitik guruh kationlari; K+, Na+, NH+4, Mg2+ kationlariga xos xususiy reaksiyalar. Birinchi analitik guruh kationlari aralashmasining tahlili

Birinchi analitik guruh kationlari aralashmasining tahlili

2



Ikkinchi analitik guruh kationlari. Guruh reagentining ta’siri. Ba+2, Ca2+, Sr2+ kationlariga xos xususiy reaksiyalar. Birinchi va ikkinchi guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish

Birinchi va ikkinchi guruh kationlari aralashmasini tahlil qilish

2



Uchinchi analitik guruh kationlari. Guruh reagentining ta’siri. Al3+, Fe3+, Fe2+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+, kationlarga xos reaksiyalar.Uchinchi guruh kationlari aralashmasining tahlili

Uchinchi guruh kationlari aralashmasining tahlili

2



To‘rtinchi analitik guruh kationlari. Guruh reagentining ta’siri. Ag+, Pb2+, Cu2+, kationlariga xos xususiy reaksiyalar. To‘rtinchi guruh kationlari aralashmasining tahlili

To‘rtinchi guruh kationlari aralashmasining tahlili

2



Beshinchi analitik guruh kationlari. Guruh reagentining ta’siri. As5+, As3+, Sb5+, Sb3+, Sn2+, Sn4+, ktionlariga xos xususiy reaksiyalar. Beshinchiguruh kationlari aralashmasining tahlili

Beshinchiguruh kationlari aralashmasining tahlili

2



Anionlar. Birinchi, ikkinchi, uchunchi guruh anionlari va ularning reaksiyalari

Birinchi, ikkinchi, uchunchi guruh anionlari va ularning reaksiyalari

2



Birinchi, ikkinchi, uchunchi guruh anionlari aralashmasining tahlili

Anionlari aralashmasining tahlili.

2



Tarkibi noma’lum moddaning tahlili

Noma’lum moddaning tahlili

2



Midoriy tahlil. Tortma tahlil. Bariy xlorid tarkibidagi kristallizatsiya suvining miqdorini aniqlash. Namunalar tarkibidagi BaCl2∙ 2H2O miqdorini aniqlash

Midoriy tahlil. Tortma tahlil.

2



Hajmiy tahlil. Xlorid kislotaning standart ishchi eritmasini tayyorlash va uning yordamida ishkor miqdorini aniqlash

Ishchi eritmasini tayyorlash va uning yordamida ishkor miqdorini aniqlash.

2



Diffuziya va osmos hodisasi

Diffuziya va osmos

2



Tuzlarning erish issiqligini aniqlash

Tuzlarning erish issiqligini aniqlash usullari

2



Vodorod ionlarining konsentratsiyasini aniqlash

Vodorod ionlarining konsentratsiyasini aniqlash usullari

2



Bufer sistemalar

Bufer sistemalar va ularning turlari

2



Kimyoviy reaksiyalarning tezligiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish

Kimyoviy reaksiyalarning tezligiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish

2



Adsorbsiya

Adsorbsiya hodisasi o’rganish

2



Kolloid eritmalarning olinishi. Mitsellaning tuzilishi

Kolloid eritmalarning olinishi. Mitsellaning tuzilishi aniqlash

2



Kolloid sistemalarning elektr xususiyatlari

Kolloid sistemalarning elektr xususiyatlari aniqlash.

2



Kolloid eritmalarning xossalari, koagulyasiyasi va himoyalanishi

Kolloid eritmalarning xossalari, koagulyasiyasi va himoyalanishi usullari.

2



Ayrim suvda eruvchi vitaminlarga xos reaksiyalar.

Suvda eruvchi vitaminlarga xos reaksiyalar.

2



Fermentlar faoliyatiga harorat, muhit pH ning ta’siri.

Fermentlar faoliyatiga harorat, muhit pH ning ta’siri.

2



Uglevodlar, monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar.

Uglevodlar, monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar.

2



Aminokislotalar va oqsillarga xos reaksiyalar

Aminokislotalar va oqsillarga xos reaksiyalar

2



Oqsillarni mineral kislotalar, og‘ir metall tuzlari bilan cho‘ktirish.

Oqsillarni mineral kislotalar, og‘ir metall tuzlari bilan cho‘ktirish.

2



Lipidlarga xos reaksiyalar.

Lipidlarga xos reaksiyalar.

2



Nukleoproteinlarning olinishi va ularni gidrolizlash.

Nukleoproteinlarning olinishi va ularni gidrolizlash.

2



Suv va suv havzalarining ifloslanishi hamda tozalash usullari

Suv va suv havzalarining ifloslanishi hamda tozalash usullari

2



Suv havzalarini kimyoviy tarkibini aniqlash

Suv havzalarini kimyoviy tarkibini aniqlash usullari

2




Jami




60



MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI.





Mustaqil ta’lim mazmuni

TMI shakli

Soati

1.


Yog‘lar tarkibida uchraydigan moy, palmitin, stearin, araxidon kislotalar. Moylar tarkibida uchraydigan olein, linol va linolein kislotalar. Mumlar ularni tarkibi, o‘simliklarda himoyachi sifatidagi vazifasi. Qo‘y juni mumi, asalari mumi.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

2.

Sut kislota, uni biokimyoviy va kimyoviy usullarda olinishi. Olma, vino va limon kislotalar. Oksikislotalarning ishlatilishi. Sifatsiz vinoda cho‘kindilar hosil bo‘lishi qanday izohlanadi.

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

3.

Fotosintez reaksiyasi va uglevodlarni organizmda parchalanishi (metabolizm) bir biriga qarama-qarshi jarayonlar ekanligi va ularni muvofiqlashtirishning ahamiyati.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

4.


Kraxmal, uning tuzilishi, o‘simlik mahsulotlarida zahira ozuqa sifatida to‘planishi. Kraxmaldan oziq-ovqat mahsuloti hamda sanoat xomashyosi sifatida

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

5.

Tarkibida fenol, indol, gidroksil, amid guruhlarini hamda oltingugurt saqlovchi aminokislotalar. Almashinmaydigan aminokislotalar.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

6.

Oqsillarni o‘simlik va hayvon organizmi uchun zaruriy moddalar ekanligi. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi tuzilishi.Oqsillarning organizmdagi struktura materiali, katalitik, harakat, transport funksiyasi.

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

7.

Oqsillarning himoya, garmonal, irsiyatni o‘tkazish hamda energetik funksiyalari. Sanoatda oqsil moddalarini qayta ishlash.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

8.

Geterotsiklik azot saqlovchi birikmalar. Pirrol, uning xlorofill, gemoglobin, B12 vitamini tarkibida uchrashi

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

9.

Fosfat kislota, riboza (2-dezoksi riboza) va geterotsiklik asoslar (uratsil, timin, sitozin, adenin, guanin) ishtirokida RNK (DNK) zanjirining birlamchi tuzilishni hosil bo‘lishi.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

10.

Moddaning suyuq holati. Yer sharida haroratni mu’tadillashishida suvning roli. O‘simlik ildizi orqali suyuqlikni ko‘tarilishida sirt taranglik va qovushqoqlikning ahamiyati.

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

4

11.

Diffuziya, osmos va osmotik bosim. Eritmalarning osmotik bosimi. Gipotonik, gipertonik va izotonik eritmalar. O‘simliklarning o‘sish jarayonida osmotik bosimning roli.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

6

12.

Kataliz. Fermentlar katalizator sifatida fermentlarning tanlab ta’sir etish xususiyati. Fermentativ katalizdan sanoatda foydalanish.

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

6

13.

Vodorod ko‘rsatgich. pH-shkala. Eritmalarning pH ini aniqlash usullari. O‘simliklarni oziqlantirish jarayonida tuproqning pH qiymatini nazorat qilinishi sababi.

Mа’ruzа va amaliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

6

14.

Bufer eritmalar, ularning amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladigan turlari. Tuproqning bufer xususiyati, uni o‘simliklarni rivojlanish jarayonidagi ahamiyati.Bufer sistemalar va ularning xossalari. Qonning buferlik xususiyati

Maruza va аmаliy mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

6

15.

Natriy, kaliy, mis, magniy, rux ionlarining hayvon organizmidagi biologik roli.

Mа’ruza va mаshg’ulоtlаrini tаkrоrlаsh, kоnspekt qilish, аdаbiyotlаr bilаn tаnishish

8




Jami




72

NAZORT SAVOLNOMALARI

1. Analitik kimyo fanining paydo bo’lishi uning metodi.

2. Anionlarning umumiy tasnifi, ularni guruhchalarga bo‘linishi.

3. Kationlarning ikkinchi analitik guruhi. Eruvchanlik ko‘paytmasi.

4. Kationlarning beshinchi analitik guruhiga umumiy tavsif va biologik ahamiyati.

5. Kationlarning uchunchi analitik guruhi. Tuzlarning gidrolizi, sifat tahlildagi roli va qo‘llanilishi.

6. Miqdoriy tahlilning mohiyati. Kimyoviy, fizika-kimyoviy, fizikaviy tahlil usullari.

7. Fizik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi.

8. Kimyoviy termodinamika. Energiya va uning turlari.

9. Kolloid eritmalar haqida umumiy tushuncha va ularni sinflarga bo’linishi.

10. Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi.

11. Kolloid eritmalarning barqarorligi va kolloid sistemalar holatining o‘zgarishi. Koagulyasiya.

12. Sorbsiya hodisalari.Adsorbsiya, desorbsiya.

13. Fizikaviy, kimyoviy yutilish hodisalari.

14. Suyuqliklar sirtidagi, ikki suyuqlik chegarasidagi va qattiq jismlar sirtidagi adsorbsiya.

15. Bir, ikki va ko‘p asosli oksi- va oksokislotalar asosiy vakillari sut, olma, oksimoy, limon, vino kislotalari va ularning ahamiyati.

16. Lipidlar. Murakkab lipidlar tuzilishi. Hayvan organizmidagi ahamiyati.

17. Yog’ va moylarning o’simlik, hayvon organizmidagi roli.

18. Nuklein kislotalar haqida umumiy tushuncha. Ularning tuzilishi.



19. α-Aminokislotalar, sinflanishi, xususiy va sifatiy reaksiyalari. Ularning muhim vakillari.

20. Tabiatda suv, suvning hosil bo’lishi, suvning fizik kimyoviy va biologik xossalari, agregat holatlari.

21. Tabiiy suv havzalarining oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.

22. Ifloslangan suvni tozalash usullari.

23. Suv havzalarini ifloslanish turlari.

24. Suvlarning turli klassifikatsiyalari.



TАVSIYA ETILАYOTGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI

Asosiy adabiyotlar:

  1. Nazarov Sh.N., Aminov Z.A. “Analitik ximiya” Darslik. “O‘qituvchi”T.1998 y.

  2. F.James Holler, Stanley R.Crouch. Fundamentals of analytical chemistry Copyright 2013 Cengage Learning. 1090 pg

  3. Крупнова Т.Г. Химия окружаюшей среди: Учебное пособие/Под ред.Ю.И.Сухарева.-Челябинск: Изд.ЮУрГУ, 2004.-Ч.1. -37 с.

  4. Петрова Л.В., Калюкова Е.Н. Химия воды. -Уляновск: УлГТУ, 2004. -48 с.

  5. Т.Березов. Биологическая химия. Учебник. Москва. 2000 г

  6. Биохимия: учеб. Под ред. Е.С.Северина.-5-е изд., испр. и доп.- М:ГЕОТАР-Медиа, 2011.-768 с

  7. М.Н.Валиханов. Биокимё. Дарслик. Тошкент. Университет. 2009 й

  8. David Van Vranken, Greogory Weiss Introduction to Bioorganic chemistry and chemical biology. 2013 by Garland Science, Taylor Francis Group, 571 pg

Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Tog‘aev K.T., Tog‘aeva F.F. va boshqalar “Analitik va fizik - kolloid ximiyadan laboratoriya amaliy mashg‘ulotlari”. O’quv qo’llanma. Samarqand 1997 y.



  1. Ravich M.I., Dcherbo SH “Fizik va kolloid ximiya” Darslik. T. “O‘qituvchi” 1993 y.

  2. Nazarov Sh.N. “Fizik va kolloid ximiya” Darslik. Toshkent 1996 –y.

4. Xasanov M.M. “Hayvonlar biokimyosi, fizik va kolloid kimyo asoslaridan amaliy mashg’ulotlar” O’quv qo’llanma T. O‘zbekiston. 1992 yil.

5. Abdullayev M., Bakiyeva X. Suv kimyosi (Muammoli ma’ruza matni). – Namangan: NamMPI, 2006. – 58 b.

6. .Maqsudov A.G‘., Primuxammedov I. “Bioorganik kimyo” Darslik. T. “Ibn Sino” 1993 y.

7. Xasanov M.M. “Hayvonlar biokimyosi” Darslik. T. O‘zbekiston. 1996 yil.



Veb saytlar:

1. www.ximik.ru

2. www.chemistry.ru

3. www.ziyonet.uz

4. www.maik.ru

5. www./biochemistry/



6. www.Yahyoo.Com;/science/biochemistry/

BАHОLАSH MEZОNLАRI



Nazorat turlari

Soni

Bаhо

maksimal

o’tish

I.

1. Joriy nazorat

1.1. Laboratoriya ishini bajarish

30

5

3

1.3.Talaba mustaqil ishi

15

5

3

II.

2. Oraliq nazorat

2.1. Yozma ish (3 ta savol)

2

5

3

III.

3. Yakuniy nazorat

3.1. Test

1

5

3



Tаlаbаlаrning bilimi quyidаgi mеzоnlаr аsоsidа bаhоlаnаdi:

Tаlаbа mustаqil хulоsа vа qаrоr qаbul qilаdi, ijоdiy fikrlаy оlаdi, mustаqil mushоhаdа yuritаdi, оlgаn bilimini аmаldа qo’llаy оlаdi, fаnning (mаvzuning) mоhiyatini tushunаdi, bilаdi, ifоdаlаy оlаdi, аytib bеrаdi hаmdа fаn (mаvzu) bo’yichа tаsаvvurgа egа dеb tоpilgаndа - 5 (а’lо) bаhо;

Tаlаbа mustаqil mushоhаdа yuritаdi, оlgаn bilimini аmаldа qo’llаy оlаdi, fаnning (mаvzuning) mоhiyatni tushunаdi, bilаdi, ifоdаlаy оlаdi, аytib bеrаdi hаmdа fаn (mаvzu) bo’yichа tаsаvvurgа egа dеb tоpilgаndа- 4 (yaхshi) bаhо;

Tаlаbа оlgаn bilimini аmаldа qo’llаy оlаdi, fаnning (mаvzuning) mоhiyatni tushunаdi, bilаdi, ifоdаlаy оlаdi, аytib bеrаdi hаmdа fаn (mаvzu) bo’yichа tаsаvvurgа egа dеb tоpilgаndа - 3 (qоniqаrli) bаhо;

Tаlаbа fаn dаsturini o’zlаshtirmаgаn, fаnning (mаvzuning) mоhiyatini tushunmаydi hаmdа fаn (mаvzu) bo’yichа tаsаvvurgа egа emаs dеb tоpilgаndа - 2 (qоniqаrsiz) bаhо bilаn bаhоlаnаdi.

Tаlаbаlаr bilimini bаhоlаsh 5 bаhоlik tizimdа аmаlgа оshirilаdi. Bundа 5,4 vа 3 bаhоlаr nаzоrаt turlаrigа kirish yoki tаlаbаlаgа stipеndiya tаyinlаsh vа kursdаn-kursgа ko’chirish uchun аsоs bo’lsа, 0, 1 vа 2 bаhоlаr nаzоrаt turlаrigа kirish uchun еtаrli bo’lmаydi vа bеlgilаngаn muddаtlаrdа tаlаbа fаndаn qаytа tоpshirа оlmаsа аkаdеmik qаrzdоr hisоblаnаdi.


.

.

.





Download 52,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling