Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 5111800-Maktabgacha ta’lim yo’nalishi mtm-bu21-guruh talabasi Turdaliyeva Zarnigor Ulug’bek qizi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish hujjatlari "mavzusidagi kurs ishiga


Download 9.43 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi9.43 Kb.
#1309430
Bog'liq
Farida taqriz


Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 5111800-Maktabgacha ta’lim yo’nalishi MTM-BU21-guruh talabasi Turdaliyeva Zarnigor Ulug’bek qizi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish hujjatlari "mavzusidagi kurs ishiga


TAQRIZ
O‘zbekiston "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlar madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda
Magistrant Turdaliyeva Zarnigor Ulug’bek qizi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish hujjatlari "mavzusidagi kurs ishi yuqorida ta’kidlangan masalalarni yoritishga qaratilgan.
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyatiga doir ma’lumotlar kirish qismida berilgan bo‘lib, unda jamiyatda tarbiyaviy tadbirlar madaniyatini shakllantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari tahlil etilgan. Ishning asosiy qismida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning tadbirlarga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlari, oila bilan hamkorlikdagi ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni o‘z aksini topgan.
Xulosalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarni, ayniqsa, bolalar tadbirlarini, elektron va audio kitoblar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, tadbirlaga bo’lgan ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, faol bolalar safini kengaytirish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Kurs ishi Nizom talablari asosida bajarilganligini e’tiborga olib, Davlat Attestasiyasi Komissiyasi huzurida himoya qilish uchun tavsiya etaman.


Maktabgacha ta’lim Metodikasi kafedra mudiri :
PhD. Dotsent. N.J. Abdusamatova
Download 9.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling