Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilarining Chust tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borayotgan hamkorlik ishlarining bayonnomasi
Download 409 Kb.
|
Kordinator bayonnomasi Chust
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masalalar
Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilarining Chust tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borayotgan hamkorlik ishlarining BAYONNOMASI Chust tumani 16 yanvar 2021 yil Qatnashdilar: BTM kafedrasi dotsenti N.Z.Uluxo’jayev, o’qituvchilar Sh.To’ychiyeva, S.Erkinova, Chust tuman boshlang’ich ta’lim metodisti B. Rahmonov, maktab direktori N.Sufiyeva, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Sulaymonova, 6- maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilari
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi S.Erkinova “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi”ning mazmum-mohiyati haqida fikr boshlab, qatnashuvchilarga ushbu Murojaatnoma taqdimotini tushuntirib berdi. Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti N.Uluxo’jayev “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida bog’lanishli nutq malakalarini shakllantirish” mavzusida seminar-trening o’tkazdi. Ushbu seminarda 70 nafar boshlang’ich sinf o’qituvchilari ishtirok etib o’z fikr mulohazalarini bayon etishdi. Ushbu interfaol treningda boshlang’ich sinf o’qituvchilari faol ishtirok etishdi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan berilgan savollarga Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchilari I.Rapiqov, Sh.To’ychiyeva, S.Erkinovalar javob berishdi. Chust tuman boshlang’ich ta’lim metodisti Baxtiyor Rahmonov tashkil etilgan “Metodik markaz” haqida o’z fikr mulohazalarini bayon etdi. Maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilari va maktab ma’muriyati tashkil etilgan ushbu “Metodik markaz”dan mamnun ekanliklarini aytib o’tishdi. Maktab direktori markazning kelgusidagi ishlariga rivojlar tilab, markaz faoliyatini olib borishi uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratib berishini alohida ta’kidlab o’tdi. Namangan davlat universiteti Boshlang’ich ta’li metodikasi kafedrasi proffessor-o’qituvchilarining Chust tumani 6-umumiy o’rta maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’rtasidagi olib borayotgan hamkorlik ishlari reja asosida davom etadi. Rejadagi ishlar boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha master-klass, seminar-trening, ma’ruza va suhbat o’tkazish belgilab olindi. Download 409 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling