Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilarining Chust tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borayotgan hamkorlik ishlarining bayonnomasi


Download 409 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi409 Kb.
#223090
Bog'liq
Kordinator bayonnomasi Chust


Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilarining Chust tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borayotgan hamkorlik ishlarining

BAYONNOMASI

Chust tumani 16 yanvar 2021 yil

Qatnashdilar: BTM kafedrasi dotsenti N.Z.Uluxo’jayev, o’qituvchilar Sh.To’ychiyeva, S.Erkinova, Chust tuman boshlang’ich ta’lim metodisti B. Rahmonov, maktab direktori N.Sufiyeva, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Sulaymonova, 6- maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilari

Kun tartibidagi masalalar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa Murojaati”ning mazmum-mohiyati taqdimoti.

2. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida bog’lanishli nutq malakalarini shakllantirish” mavzusida interfaol trening.

Mas’ul: NamDU BTM kafedrasi dotsenti N.Z.Uluxujayev.

Eshitildi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108 –sonli “ O’zbekistoning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora –tadbirlari to’g’risida“gi farmoni hamda PQ-8448-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida“ gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 16yanvar kuni “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari N.Z.Uluxujayev, I.Rapiqov, Sh.To’ychiyeva, S.Erkinovalar va Chust tumani 6-maktabning barcha boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan birgalikda “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaati”ning mazmum-mohiyati”, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida bog’lanishli nutq malakalarini shakllantirish “mavzusida interfaol trening o’tkazildi.

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi S.Erkinova “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi”ning mazmum-mohiyati haqida fikr boshlab, qatnashuvchilarga ushbu Murojaatnoma taqdimotini tushuntirib berdi.

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti N.Uluxo’jayev “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida bog’lanishli nutq malakalarini shakllantirish” mavzusida seminar-trening o’tkazdi. Ushbu seminarda 70 nafar boshlang’ich sinf o’qituvchilari ishtirok etib o’z fikr mulohazalarini bayon etishdi.

Ushbu interfaol treningda boshlang’ich sinf o’qituvchilari faol ishtirok etishdi.







Boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan berilgan savollarga Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchilari I.Rapiqov, Sh.To’ychiyeva, S.Erkinovalar javob berishdi. Chust tuman boshlang’ich ta’lim metodisti Baxtiyor Rahmonov tashkil etilgan “Metodik markaz” haqida o’z fikr mulohazalarini bayon etdi.

Maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilari va maktab ma’muriyati tashkil etilgan ushbu “Metodik markaz”dan mamnun ekanliklarini aytib o’tishdi. Maktab direktori markazning kelgusidagi ishlariga rivojlar tilab, markaz faoliyatini olib borishi uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratib berishini alohida ta’kidlab o’tdi.

Namangan davlat universiteti Boshlang’ich ta’li metodikasi kafedrasi proffessor-o’qituvchilarining Chust tumani 6-umumiy o’rta maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’rtasidagi olib borayotgan hamkorlik ishlari reja asosida davom etadi.



Rejadagi ishlar boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha master-klass, seminar-trening, ma’ruza va suhbat o’tkazish belgilab olindi.
Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling