4-Topshiriq: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash hususiyatlarini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga geometrik shakllari beriladi va ularni nomlash, belgilarni tavsiflash so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 3 (30%) nafari geometrik shakllari nomlash, belgilarni tavsiflash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga geometrik shakllaridan birini nomlab, tavsiflab berib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 9 (90%) nafari geometrik shakllarni nomlash, belgilarni tavsiflash vazifasini bajara olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |