Mazayka strategiyasi
Maqsadi:
Eshitishda nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni og‘zaki nutqini o‘stirish;
Erkin fikrlashga, yuzma-yuz o‘tirishga imkoniyat yaratish;
Qo‘l barmoqlarining harakatlanishini rivojlantirish;
Bir-birini tinglashga va o‘zaro suhbatlashishga o‘rgatish.
Mazmuni:
Bu strategiyada yasalishi talab etilgan predmet rasmi bo‘laklarga bo‘linib, o‘quvchilar guruhi tomonidan bir butun ko‘rinishga keltiriladi. Buning uchun eshitishda nuqson bo‘lgan o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Yasalishi talab etilgan predmet applikatsiyasi amalga oshiriladi.
Qo‘llanishi:
Buning uchun olma rasmi bo‘laklarga alohida qilib kesib olinadi va konvertga solib har bir guruhga beriladi. Guruh qatnashchilari konvert ichidagi bo‘laklarni yoyib, so‘ng bir chekkadan tartib bilan yig‘ishlari kerak. Boshqa guruhlarga nisbatan ishni oldinroq tamomlagan guruhga quyidagi qo‘shimcha vazifalarni berish mumkin.
Qo‘shimcha topshiriqlar:
Olma rasmini alohida yig‘ing;
Nok rasmini alohida yig‘ing;
Olmani applikatsiyasini yasang;
Nokni applikatsiyasini yasang.
Hamma vazifani bajarib bo‘lgandan so‘ng, guruhlar nima ish bilan shug‘ullanganliklari va nimalarni bilib olganliklari so‘raladi va umumlashtiriladi.
Bosqichda qo‘llanishi:
Bu strategiya darsning mustahkamlash bosqichida qo‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |