Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


Агросаноат мажмуасининг иқтисодиётдаги ўрни ва аҳамияти

bet48/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Агросаноат мажмуасининг иқтисодиётдаги ўрни ва аҳамияти: 


47 
2.4. Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 
 
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasida mustaqillik yillarida quyidagi 
o’zgarishlar yuz berdi: 
1. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yuzaga kelishiga imkon beruvchi huquqiy baza 
yaratildi va takomillashtirilib kelinmoqda (qonunlar, farmon va qarorlar, me’yoriy 
hujjatlar); 
2. Mulkiy munosabatlar rivojlantirildi va ko’pukladli iqtisodiyot yuzaga keltirildi. 
Davlat, kooperativ, shaxsiy mulk qatoriga xususiy mulk qo’shildi. Xususiy mulk esa bozor 
munosabatlarining asoslaridan biri sanaladi.
3. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari vujudga keldi. 
Agrofirmalar, fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari shalkida tashkil etildi. Tarmoqda 
yetishtirlayotgan mahsulotlarining 99,6 foizi nodavlat sektorda ishlab chiqarilmoqda. 
4. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini qo’llab-quvvatlash maqsadida keng iqtisodiy 
dastak va instrumentlar joriy etildi. Bular: soliq, kreditlash, lizing, melioratsiya va 
irrigatsiya tadbirlari uchun davlat byudjetidan ajratmalarda, eksport va bojxona 
yengilliklarida o’z aksini topmoqda.
5. Agrosanoat majmuasining ilmiy ta’minoti, kadrlar bilan ta’minlanishi davlat 
xarajatlari hisobidan amalga oshrilmoqda.
6. Yangicha fikrlaydigan tadbirkorlar qatlami shalklandi va ularning safi kengayib 
bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi tarmoqlari oldida quydagi asosiy 
maqsadli vazifalar turibdi.
1. Mahsulotlar miqdorini ko’paytirish va assortimentini yaxshilash (ishlab chiqarishni 
diversifikatsiyalash). 
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarningsifatining yuqori va tannarxini past 
bo’lishini ta’minlash.
3. Mamlakat agrosanoat majmuasi tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xo’jaligida, mehnat 
unumdorligini oshirish. 
4. Majmua tarmoqlarini bir-biri bilan, o’zaro mutanosib holda rivojlanishini 
ta’minlash.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling