Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet5/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

 
Fanning maqsadi va vazifalari 
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat 
agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to’g’risida talab 
qilinadigan bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. 
Fanning vazifalari - talabalarni agrosanoat majmuasining mohiyati va uning tarkibi 
bilan tanishtirish; majmua tarmoqlarini rivojlantirish uchun zurur bilimlar bilan 
qurollantirish; ularda agrosanoat majmuasi tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish 
va ularni barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilim va ko’nikmalarni 
shakllantirish; davlatimizning agrar iqtisodiy siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlarini; 
mamlakat agrosanoat majmuasini istiqbolga rivojlantirish yo’nalishlarini belgilashda zurur 
qarorlar qabul qilish; iqtisodiy qonunlarning agrosanoat majmuasida amal qilish 
xususiyatlarini o’rgatishdan iboratdir. 
Fan bo’yicha talabaning bilimiga, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar 
 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 
- mamlakat agrosanoat majmuasining mohiyati, uning ahamiyati, iqtisodiyotdagi 
o’rni va tarkibi;
- majmuaga kirivchi tarmoq va sohalar o’rtasidagi integratsion va kooperatsion 
aloqalar; 
- majmuani istiqbolga barqaror va jadal rivojlantirish strategiyasini belgilash;
- majmua rivojini prognozlash va iqtisodiy tahlilining nazariy va uslubiy asoslari;
- majmua ishlab chiqarish resrslaridan samarali foydalanishning yo’llari haqida 
tasavvurga ega bo’lishi;
- majmua samaradorligini oshirish va takomillashtirish uslubiyotlarini;



- mamlakat va mintaqaviy agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishni joylashtirish
ixtisoslashtirishning asoslarini;
- majmua mahsulot va xizmatlariga baholarning shakllanishi va iste’molchilarga 
servis xizmat ko’rsatish strategiyalarini;
- majmuaning raqobatbardoshligini ta’minlashning usul va yo’llarini bilishi va 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling