Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR
Download 52.92 Kb.
|
bolalar adabiyoti f
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR
KITOBXONLIGI Odatda, bola olamga kelibdiki, onani taniydi, uning hidini, qadam tashlashini, nafas olishini darhol sezib oladi. Ona bir daqiqa o'zidan uzoqlashsa xarxasha qiladi, ingalab yig'laydi. Chunki bu norasida onaning qomida ekanligidayoq uni o'ziga kashf qilib oigan. Shu onaning ko'magida atrof-muhit bilan, o'zini qurshab oigan olam bilan tanishadi. Onaning aliasi, qo'shig'i, ertagi murg'ak qalbida bir umrga muhrlanib qoladi. Folklor va yozma adabiyot namunalarini tinglab, voyaga etayotgan bolalaming o'yinlari, sho'xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so'zlari... Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir. Agarda kattalar bu o'ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to'g'ri baholay olsalar, bolalarning kelajagi uchun katta ish qilgan bo'ladilar. Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo'lgan mehr-muhabbat, do'stlik va o'rtoqlikning ilk tuyg'ulari, yaxshilikka nisbatan uyg'ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik bilan qiziqib qarash 6 shularning bari bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim. Biz, kattalar «Bolalik betashvishdir. Bolalik hayotdagi eng baxtiyor damdir. Bolalik inson umrining yorqin, bahoriy tongidir», degan gaplami qayta-qayta gapirishni yaxshi ko'ramiz. Har bir kishi fol’klorda zikr etilganidek eng baxtiyor va betashvish bolalik yillarida taxminan quyidagi qobiliyatlami egallab oigan bo'lishi lozim. O'ynab va sho'xlik qila turib, u: nima yaxshi va nima yomonligini, narsalar dunyosini, hayvonot dunyosini, odamlar dunyosini anglab boradi. Buning ustiga dunyoni bilish-shunchaki yuzaki bir kuzatuv emas: kecha u yomg'iming nimaligini bilmas edi, bugun esa u ertalab uni ko'rdi-yu, ayni paytda dunyoda tarnovlar bo'lishini, chumchuqlar sovuqda xurpayib, yum-yumaloq bo'lib olishini ham bilib oidi. Bu ertalabki kashfiyotlar edi, tushga borib esa, u, mushukchani qo'rqitib yuborsa, yunglari xurpayib, ko'zlari yashil rangda chaqnab ketishini ham birinchi bor ko'rdi. Darhaqiqat, bolalaming o'yinl ariga, chizgan rasmlariga astoydil razm soling, gaplarini tinglang - shunda siz ularning olamni naqadar yorqin, aqlga sig'mas darajada mo’jizakor bir tarzda ko'ra bilishlarini payqaysiz. Ular o'zlarining sezgirliklari tufayli, hatto, qo'rqinchli ertaklardan ham qandaydir qiziq joylarini ilib oladilar, kundalik voqealarning esa kattalar sezmay qoladigan muhim jihatlarini ko'ra biladilar. Mana shu musaffo tuyg'ulari uchun ham kishilar bolalikni sevadilar va uni butun umr mamnuniyat bilan xotirlab yuradilar. Betashvish bo lgani uchun emas, musaffo tuyg'ulari uchun sevadilar uni. Shu boisdan kattalar bolalarni quvonchdan mahrum etmasliklari, ularning yangilikka boy bo'lgan va doimo o'zgarib turuvchi hayotdan oigan taassurotlarini, xis-hayajonga to'la hayratli tuyg'ularini toptamasliklari kerak. Har birimiz ham bolalikda kunlarning uzoqligi, har bir kunning voqealarga boy o'tgani, tushda osmonda uchib yurish naqadar yoqimliligi, oddiygina uyning shifti ham naqadar baland, hovli
7 oldidagi bog' juda katta, ho' naridagi o'tloqzor esa, qanchalar sirli tuyulganini eslashni istaymiz. Lekin quyoshdan taraladigan chinakam nur-yog'duni hammamiz ham yaxshi xotirlay olamizmi? Yangi o'yinchoq, yangi kitobchalaming yoqimli hidini qay birimiz aniq eslaymiz? Oddiy hodisalarning yoqimli hidini qay birimiz aniq esalaymiz? Oddiy hodisalar ham qanchalar tantanavor va muhim bo lib tuyulgani va qachonlardir yuz bergan olis voqealar xuddi kechagidek xotiraga mahkam o'rnashib qolganini-chi? Hamma yoqdan anvoyi gullaming o'tkir is і keladigan oppoq, tebranib turuvchi dalalar-chi? Shunda to'satdan uzoq ko'ringan ona... Uning ovozi... Har tomonga go'yo uzun-uzun oltin rang chiziqlarsimon quvnoq nur taratayotgan saxiy quyosh-chi? Ularni kattalar sira ko'rmaydilar, bolalar esa ko'radilar. Negaki ular o'zlari tinglagan ertaklarida bunday ajoyib-g'aroyib voqea- hodisalarni ko p bor eshitishgan. Hatto, rasmini ham chizadilar. Bolalar chizgan rasmning bo'yog'i juda tiniq bo'lishi ham bejiz emas. Bolalik paytida yaxshilik bilan yomonlik ham mana shunday aniq ko'rinadi. Bolalikda yo sevishadi yoki nafratlanishadi, bolalar xatti-harakatlarining o'rta miyonasi ham bo'lmay, faqatyo yaxshi, yoki yomon bo'lishi mumkin. Ularda tajriba, bilim hali yetarli emasu ammo chiroyli va xunukni, samimiyat va soxtalikni his etish tuyg'usi esa nihoyatda o'tkir bo'ladi. Tevarak-olamni mana shunday tiyraklik bilan his etgan odamlar tufayligina biz musiqa eshitib, yaxshi kitoblarni o'qib, chinakam san’at asarlarini ko'rib cheksiz huzur-halovat olamiz. Ular ohanglar, so'zlar, ranglar vositasida dunyoning nafosati-yu, uning donishmandligini bizga yaqqol ko'rsatib beradilar, chunki iste’dodning o'zi aslida bolalik ta’sirchanligidan, oddiy narsadan go'zallik topa bilish hislatidan boshlanadi, bu xislat esa hayotiy tajriba va ma’naviy etuklik tufayli boyib boradi. Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan 8 butunlday bexabar bo'ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar oziarmi qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar boialarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o'qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo'Hshi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblaming rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo' lishi maqsadga muvofiq Maktabgacha ta’Iim yoshidagi bolalar tinglaydigan asariaming ko'pchiligini alla-qo'shiq, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan ayrim asarlar ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab o'tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim. Bolalar shoiri Anvar Obidjon o'zining “Suhbat” degan she’rida bolalar yaxshi ko'radigan g'oziar to' g' ris ida so'z yuritadi. Ma’lumki, bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shujihatdan qaraydigan bo lsak, “Suhbat” bola hayotida muhim rol’ o'ynaydi. Yoqeajuda oddiy va sodda. O zaro suhbatdan ma’lum bo'ladiki, g'ozlarning qorni och, ulami boqish kerak. Buni shoir o'yin vositasida ifoda etadi:
G'oziar, bir so'z deysizmi? G'a, g'a-g'a! Totli suli yeysizmi? Ha, ha-ha Nega paini silaysiz? G'oq, g'oq-g'oq Mendan nima tilaysiz? Boq, boq, boq! Bu xildagi she’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to'plab, ulardan xulosa chiqarishga o'rgatadi. 9 Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalaming sevimli mashg'ulotlaridan biri qo'g'irchoq o'ynashdir. Yoldosh Sulaymonning “Qo'g'irchoq” she’rida qo'g'irchoqlami asrab-avaylash, oddiy bir o'yinchoq vositasida kattalaming mehnatini e’zozlash masalasi o'rtaga tashlanadi: Quyosh bilan teng tur ib, Ozoda kiyintirib, Senga taqamiz marjon, Qo 'gIrchoq, qo 'g'irchoqjon. Qo Idan qo 'y may miz sira, Yuqtirmaymiz gard, shira. Ovunchoqsan bizlarga, Qo'g'irehoqsan bizlarga. Har qanday yozuvchi maktabgacha ta’lim yoshidagi boialarga o'qib beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e’tibor beradi. Bu yoshdagi boialarga tavsiya etiladigan asarlar ularga hayot haqida muayyan tasavvur berishi bilan birga zavq-shavq bag'ishlaydi. Masalan, Shukur Sa’dullaning “Lola va mushuk” she’rini olib ko'raylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham sodda. Ammo u bir o'qishdayoq kichkintoy mehrini o'ziga tortadi, uni barvaqt turishga, yuvinib-taranishga, ozoda, pokiza bo'lishga o'rgatadi. Shuningdek, ulami uy hayvonlariga, jonivorlariga mehribon, g'amxo'rliklarini oshiradi: Men Lolaman, Lolaman, Ozoda qiz bolaman. Erta bilan tur aman, Yuz-qo 'limni yuvaman. Mushugim bor qora mosh, O 'zi judayam yuvosh Mendan oldin turadi, Yuz-qo lini yuvadi. Xulosa qilib aytganda, bolalar o'zlari tingiagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr-oqibatli bo'lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o'rganadilar. 10 Download 52.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling