Наманган давлат университети педагогика факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг 2016-2017 ўқув йилида эришган ютуқлари ҳақида
Download 52.92 Kb.
|
bolalar adabiyoti f
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALAR ADABIYOTI FANI HAMDA UNING MAQSAD VA
Tayyorladi: Nomozboyeva Shahnoza “Bolalar adabiyoti” fan sifatida. REJA: “Bolalar adabiyoti” fan sifatida. Bolalar adabiyoti va folkloming fan sifatida shakllanish omillari. Fanning o'ziga xos xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati. Boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Adresliligi va yo'naltirilganligi. Xulosa. BOLALAR ADABIYOTI FANI HAMDA UNING MAQSAD VA VAZIF ALARI O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobida ma’naviyat masalasiga alohida e’tibor berib, mana bunday deb yozadi, - Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, 3 j farzandlarimizning bizdan ko ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bolib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qaťiyat va mas’uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zibo larchilikka tashlab qo yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir- oqibatda ozimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yolidan chetga chiqib qolishimiz mumkin, - deydi va u o'z fikrini davom ettirib yozadi, - Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog'ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviy chashmasini izlaydi. Er, oila, ota-ona, bolalar, qavm-qarindoshlar, qo'ni-qo'shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma’naviyatning ma’nosi ana shunday juda keng... Inson o'zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o'ylab, o'qib, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi1. Bunday mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda kattalar adabiyotining aj raimas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining ham alohida o rni bor. Xalqda, - adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga e’tibor, - deyiladigan juda katta ta’lim-tarbiyani o'zida jamlagan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo'lgan bolaning ilmi, odobi, yurishi, turishi, muomalasi, ota-ona-yu, vatanga mehr-muhabbati risoladek bo'lishi masalasi ilgari suriladi. Ko'rinadiki, bolalar adabiyoti oldida bajarilishi lozim bo'lgan juda muhim ishlar turadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 2009-yilda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisini qabul qilib, uyushma faoliyatining samaradorligini oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish masalasi bo'yicha bergan ko'rsatmasida bolalar adabiyoti yuzasidan to'xtalib, - Ayniqsa, biz uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega bolgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlay digan shaxsning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim, deb ta’kidlab o'tdi. Barchamizga ma’lumki, bolalar adabiyoti so'z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoy uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ulaming yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o'y-fikrlar uyg' otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g'oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo' lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlami imon-e’tiqodli va ona-Yatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asari argina boialarga kuchli ta’sir ko'rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g'oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Alisher Navoiy “Mahbubul qulub”da tilni “ko'ngil xazinasining qulfi” deb ta’riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so'zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir. Demak, bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham kattata’sir ko'rsatadi, so'z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to'g'ri munosabatda bo lishga o'rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo'lishga chaqiradi. Kitob bolaning
5 dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm-fanga muhbbatini oshiradi. Kitob xalqimizning o'tmishi, ilg'or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg'ularini o'stiradi. Bugungi kunda qudratli qurollardan biri bo'lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko ra quyidagicha guruhlarga ajratib o'rganish mumkin:
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha). Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha). O rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15- 16 yoshgacha). Download 52.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling