Amaliy fanlar universiteti


Download 198.41 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2024
Hajmi198.41 Kb.
#1836151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOLALARNI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
”Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani
_________A.Xidirov
”____”_________2023 yil
Ibodullayeva Muxlisa
BOLALARNI MEHNATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING SAMARALI SHAKL VA USULLARI
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: __________________
Bajardi: II bosqich talabasi
Ibodullayeva Muxlisa
”Himoyaga tavsiya etilsin”
”Maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi mudiri
________ PhD., X.I.Yusupova


MUNDARIJA


Kirish 3
I Bob.Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyati 6
1.1. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning maqsad vazifalari va pedagogik muammolari 6
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasini shakllantirish mazmuni 19
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida mehnat tarbiyasining tutgan o`rni va ahmiyati 25
II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning samarali shakl va usullari 34
2.1. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarini mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashni tashkil etish shakllari 34
2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan mashg’ulotlar 47
Xulosa 51
Foydalanilgan adabiyotlar 53



Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha bo‘lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasini bolalarga yangicha singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o’stirish, mehnat natijasidan zavqlana bilish kabi hislarni tarkib toptirish orqali ularda mehnat ahliga hurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarini mehnatga o’rgatishda, eng avvalo, ularni psihologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash muhim rol uynaydi. Mehnatga ruhiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, halollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy – irodaviy hususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki madaniyatli qilish mehnatsevar bo’lib yetishadi.

Download 198.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling