Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti
-ilova Ifodali o’qish san’atining shakllanishida xalq og’zaki ijodining roli
Download 0.97 Mb.
|
Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Slayd-shou” usuli bo’yicha talabalar tushunchasini mustahkamlash
4-ilova
Ifodali o’qish san’atining shakllanishida xalq og’zaki ijodining roli 5-ilova
Talabalarni faollashtirish uchun savollar 1. Ifodali o’qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va baxshilarning roli. 2.Ifodali nutq san’atini o’rganishning asosiy omillari haqida. 3. “... Har kishining ahvoli o’z so’zining ostida pinhondur” degan fikrning tahlili. 4. Ifodali o’qish san’atini o’rganishdan asosiy maqsad. 5. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida mazkur allomalarga qanday baho berilgan? “Slayd-shou” usuli bo’yicha talabalar tushunchasini mustahkamlash 5-ilova Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “O‘qituvchi nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ham ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning mohiyati, tabiati va ularni unumli ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi”. Darhaqiqat, ifodali nutq vositalarini puxta o‘zlashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqaligina, ifodali o‘qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Xo‘sh, ifodali nutqni o‘rganish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ifodali o‘qish o‘zi nima? Sodda qilib aytganda, “Ifodali o‘qish adabiy asarni tushunarli va ta’sirchan o‘qish demakdir. Bu o‘qish san’ati yod olingan matnni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishda fikrlarni yanada silliq, aniq, go‘zal shaklda talqin etish uchun emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o‘qishning badiiy emotsional bo‘lishi uchun o‘quvchi-ijrochi asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi lozim”. Ifodali o‘qishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u insonda tuyg‘u va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog‘i, voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi. Ifodali o‘qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”, qahramonlar “tilga kiradi”. O‘quvchi bir vaqtning o‘zida ham muallif, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, ifodali o‘quvchi ma’lum darajada aktyorlik san’atidan ham xabardor bo‘lishi lozim. Ifodali nutq san’atini o‘rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlarni ko‘proq mutolaa qilishdir. Asarning mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter xususiyati, maqsad va intilishlari chuqur o‘rganilgandagina og‘zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va intonatsiya paydo bo‘ladi. Badiiy asarlarni mutolaa qilish o‘quvchining dunyoqarashini kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o‘zlashtirishga, ifodali o‘qish san’atini egallashga yaqindan yordam beradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling