Ball
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
86-100
|
A`lo
|
- Berilgan savollar mohiyati qisqa, lо’nda va ijodiy yondashilgan holda yoritilgan bо’lsa;
-talaba о’zlashtirishi lozim bо’lgan “tayanch tushunchalar” ni mustaqil anglab, badiiy adabiyotning estetik gо’zalligini qabul qilish salohiyatini namoyon eta olgan bо’lsa;
-sharhlanayotgan adabiy hodisalarni mazmunan yaqin yoki qarama-qarshi qutblarda turuvchi voqealar bilan muqoyasa qilib, mushtarak va farqli tomonlarini kо’rsata bilsa hamda falsafiy xulosalar chiqara olsa;
-fikrlar bayonida mantiqiy yaxlitlikka erishsa;
-о’rganilayotgan muammolarga shaxsiy munosabatini bildira olsa;
-badiiy matn bilan mustaqil ishlash kо’nikmasini hosil qilganligini namoyon eta olsa;
-“tayanch tushunchalar”, badiiy adabiyotning muxlisi sifatida о’qilgan asarlardan olgan taassurotlar milliy mafkura, davlatimizning ichki va tashqi siyosati bilan bog’lansa;
-talaba savollarga javob berishda sо’z va ifodalarni tо’g’ri tanlay olsa, uning nutqi adabiy tomondan tо’g’ri, jumlalari mantiqan uyg’un, tushunarli va ravon bо’lsa;
-mustaqil ta`lim uchun va ijodiy ish sifatida topshirilgan topshiriqlarni о’z vaqtida sifatli bajarsa.
|
71-85
|
Yaxshi
|
Berilgan savollar mohiyati qisqa, lо’nda va aniq, izchil tarzda yorita olsa;
-talaba “tayanch tushunchalar”, badiiy matn haqida mustaqil fikr yuritish lozim ekanligini his qilgan bо’lsa;
-talaba javobida darsda alohida mavzu sifatida о’rganilgan ma`lumotlar о’zlashtirilgan ham о’z aksini topsa, asosiy va qо’shimcha manbalardan olingan bilimlar uyg’unlashtirilsa;
-talaba folklorshunoslikka va adabiyotshunoslikka oid atamalar ma`nosini yaxshi о’zlashtirgan va tо’g’ri izohlashga qodir bо’lsa;
-talaba nimalar haqida fikrlash lozimligini tо’g’ri anglagan bо’lsa hamda mavzudan tashqari masalalarga daxl qila olsa;
mustaqil ta`lim uchun va ijodiy ish sifatida topshirilgan topshiriqlarni о’z vaqtida bajarsa
|
56-70
|
Qoniqarli
|
Berilgan “tayanch tushuncha”ning mohiyati yuzaki yoki qisman ochib berilgan bо’lsa;
-yozma ishda “tayanch tushuncha”lar, variant savollarida qо’yilgan muammolar bilan о’zaro yaqin, bog’liq bо’lgan masalalar xususida ma`lumot berilmasa;
-bayonda mantiqiy yaxlitlikka erishilmagan bо’lsa;
-о’zlashtirilishi lozim bо’lgan ma`lumotlar mustaqil anglanmagan, badiiy asar tahlili bevosita badiiy matndan kelib chiqqan holda emas, fol’klorshunoslikdagi umumiy fikrlarni tushunib-tushunmay bayon qilishdan iborat bо’lsa;
-imlo, tinish belgilari, uslubiy xatolar yigirmataga etsa;
-yozma nutqda noо’rin qо’yilgan yoki zarur о’rinda qо’yilmagan vergul gapning mazmunini tamoman о’zgartirib yuborishi fahmlanmagan bо’lsa;
-mustaqil ta`lim uchun va ijodiy ish sifatida topshirilgan topshiriqlarni bajarishga harakat qilgan bо’lsa.
|
0-55
|
Qoniqarsiz
|
Yozma ishlarni bajarishda, mustaqil ta`lim uchun va ijodiy ish sifatida topshirilgan topshiriqlarni ado etishda mas`uliyat his qilinmagan bо’lsa;
-“tayanch tushuncha”larning mohiyati anglanmagan bо’lsa;
-darslik va qо’llanmadagi fikrlar kо’r-kо’rona kо’chirib qо’yilgan bо’lsa;
-imlo, tinish belgilari, uslubiy xatolar miqdori о’n beshtadan oshsa.
|
Semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy naz
Do'stlaringiz bilan baham: |