Inson kamoloti –
|
Bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi.
|
Insonparvarlik –
|
(“inson” – arabcha; “parvar”- fors-tojikcha; “lik”- o‘zbekcha – kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm) – odamzodning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.
|
Intizom –
|
Maqsadga erishishda, qilinayotgan ishlarda keragicha va maslahatga muvofiq tartibli ravishda bajariladigan hatti –harakat.
|
Irsiylik –
|
Bolaning shaklan o‘ziga xosliklarini belgilab beruvchi anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlari, qobiliyatlari va iqtidorlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, talabalarga ota-onalari tomonidan o‘tadigan irsiy belgilardir.
|
Islohot –
|
Isloh qilish, tubdan o‘zgartirish, qaytadan qurish, yangidan tashkil qilish.
|
Istiqbol –
|
Ta’sir ko‘rsatishning juda ta’sirchan usuli bo‘lib, u kishining hatti-harakatlari, oldiga maqsadlar qo‘yish yo‘li bilan ta’minlaydi va intiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
|
Istiqlol –
|
(arabcha “istiqlol”- ko‘tarilish, qaddini rostlash, o‘sish, yuqori joyga erishish) – har bir inson, jamoa, davlat, millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoiti.
|
Islom dini –
|
arabcha “aslama” – xudoga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish;
|
Ixtisos –
|
Insonning hosil qilgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarining majmui. Kishiga turmushining moddiy va ma’naviy sohasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |