Namangan davlat universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika nazariyasi va tarixi


Download 227.16 Kb.
bet55/82
Sana30.01.2023
Hajmi227.16 Kb.
#1141334
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Bog'liq
Pedagogk maxorat majmua 2022

Iqtisodiy madaniyat –

Jamiyat a’zolarining iqtisodiy hayotdagi ommaviy ijodiy ishtirokining, ularning iqtisodiy bilimlari, xo‘jalik yuritishdagi mahorati va malakasi, iqtisodiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanganligining sifat tavsifi.

Iqtisodiy savodxonlik –

Iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishga tayyorgarlik, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar mohiyatini tushunish, xo‘jalik faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini bilish, aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil eta olish

Iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish –

Shaxsning mustaqil iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishida zarur bo‘ladigan barcha iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda sodir bo‘layotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni va davlatning iqtisodiy siyosatini anglashi, o‘z turmush tarzini yaxshilash hamda shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga yordam beruvchi iqtisodiy ta’lim-tarbiya qoida va usullari, shakl va usullarini qo‘llab, iqtisodiy bilim berish (olish).

Iqtisodiy tayyorgarlik –

Shaxsning talab, ehtiyoj va imkoniyatiga qarab, tanlagan sohasi yoki kasbi bo‘yicha nazariy va amaliy iqtisodiy bilimni egallashi hamda kasbiy- iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik holati.

Iqtisodiy tafakkur –

Iqtisodiy fikrlash tarzi bo‘lib, iqtisodiy bilim, tushuncha va qonuniyatlarning o‘quvchi ongida muayyan tizimda aks etishi, uning iqtisodiy ongi holati.

Iqtisodiy ta’lim –

Ijodkor shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy bilim, ko‘nikma, malakalarni uzluksiz va izchil o‘zlashtirishga yordam beruvchi, shaxs ehtiyoji hamda imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli uslub, reja va dasturlar, metodikalar yordamida iqtisodiy bilim berish uchun maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.


Download 227.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling